Korxonani tashkil qilish tamoyillari




Download 1,53 Mb.
bet9/226
Sana23.05.2024
Hajmi1,53 Mb.
#250996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   226
Bog'liq
UMK soha iqtisodiyoti

Korxonani tashkil qilish tamoyillari
YAngi korxonani tashkil kilish kuyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • korxonani tashkil kilish fikrining paydo bo‘lishi;

  • korxona ta’sischilarini tanlash;

  • taklif kilinayotgan maxsulotga bozordagi talabni o‘rganish;

  • korxona nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;

  • korxonaning ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;

  • davlat ro‘yxatidan o‘tish;

  • muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;

  • soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.

O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar to‘g‘risida"gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi yoki u tayinlagan vakillik idorasi, mehnat jamoasi yoki ta’sischilar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to‘g‘risidagi xolatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshqa tashkiliy bo‘linmalarni tashkil qilishi mumkin.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat idoralaridan ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy maqomga ega bo‘ladi.
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

  • iste’molchilar talab qilayotgan maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda olish;

  • ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;

  • ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslarni jalb qilish;

  • fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish;

  • yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruxi a’zolarining shaxsiy extiyojlarini qondirish;

  • ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muxitini kengaytirish.

Ta’sis xujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muxim boskichlardan biri xisoblanadi. Ta’sis xujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning xukuk va majburiyatlarini xamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi konun xujjatlarida ikki xil ta’sis xujjatlari belgilab berilgan:
1.Korxona Nizomi;
2.Ta’sis shartnomasi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   226




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonani tashkil qilish tamoyillari

Download 1,53 Mb.