|
Konchilik ishi
|
bet | 7/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyotiishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun birinchi o‘rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo‘ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to‘laganlik haqida kvitansiya va boshqalar.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi.
Xar bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o‘zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko‘rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag‘lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;
mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:
korxona egasining daromad olishi;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;
korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish;
sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;
ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish;
amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, milliy iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan.
Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo‘lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumikn.
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi; ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog‘liq bo‘ladi.
|
| |