|
Qarorlarni muvofiqlashtirish prinsiplari
|
bet | 98/226 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #250996 |
Bog'liq UMK soha iqtisodiyoti12.4.Qarorlarni muvofiqlashtirish prinsiplari.
Boshqarish prinsiplari. Umumiy maqsadlar yo`nalishida o‘zaro munosabatlar o‘rnatib birgalikda hatti-harakatlar qiluvchi tashkilotning turli tarkibiy qismlari (elementlari) agar, munosabatlar umumiy maxraj asosida o`rnatilgan bo`lsa.muvaffaqiyatli yoki samarali faoliyat ko`rsatadilar, Umumiy maxrajga kelishning zaruriyligi nuqtai-nazarlarning turlichaligidan kelib chiqadi. Turli nuqtai-nazarlarning sohiblari insonlar-tashkilot tarkibiga kiruvchi rahbarlar, mutaxassislar, oddiy ishchi-xodimlar. Ularning tashkilot tarkibiga kiruvchi mashinalar, stanoklar, ishlab chiqarish binolari, mehnat qurollari va x.klardan farqi odamlarning keyingi qo`yadigan qadamlarini (hatti-harakatlarini, munosabatlarini) ilgaritdan ayta olish (belgilash, rejalashtirish) ehtimollik xarakteriga ega, ya’ni aniq belgilash imkoniyati yo`q. SHuning uchun, umumiy maqsadlarga erishish uchun echiladigan masalalarni rejalashtitirsh, tashkil etish, nazorat qilish bo`yicha barcha uchun umumiy hisoblangan hatti-harakatlarning qoidalari (umumiy maxrajlar) ishlab chiqilishi zarur bo`ladi. Ba’zida bu kabi qoidalar tashkilotning qonunlari yoki boshqarish prinsiplari deb ham nomlanadi.
Hozirgi zamon menejmentining prinsiplari haqida so`z borganda A.Fayolning “Общее и промышленное управления” kitobida eritilgan boshqarish prinsiplari tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
mehnat taqsimoti
hokimiyat
intizom
farmoyish berishning birligi
raxbarlikning birligi
xususiy intilishlarning umumiy intilishlarga buysundirish
ragbatlantirish
markazlashtirish
boshkarish pogonalari
tartib
haqqoniylik
xodimlarning turg`unligi
initsiativa
xodimlarning birligi
Adabiyotda, menejmentning asosiy prinsiplari sifatida asosan quyidagilar ta`kidlanadi:
boshqarishda markazlashtirish va nomarkazlashtirishning optimal birligi prinsipi.
huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlarning birligi prinsipi
boshqarishni demokratlashtirish: xodimlarni boshqarish jarayonida qatnashishlari.
Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar:
tizimli yondashuv;
kompleks yondashuv;
tarkibiy yondashuv;
integratsion yondashuv;
modellashtirish;
iqtisodiy-matematik yondashuv;
kuzatish;
eksperement;
sotsiologik kuzatuv.
|
| |