• Mahsulot rentabelligi
  • Mahsulot sifati
  • Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
  • Mahsulotning mehnat sig‘imi
  • Mahsulotning yashash davri
  • Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari




    Download 3,57 Mb.
    bet159/222
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #140109
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   222
    Bog'liq
    Konchilik ishi va metallurgiya

    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat o‘lchovi.
    Mahsulot rentabelligi – mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga nisbati sifatida (foizlarda) aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichi.
    Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro me’yorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo‘lmagan, mahsulotning xalqaro standart me’yorlariga mos kelishini nazorat qilish vositasi.
    Mahsulot sifati – masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali (iste’mol) xususiyatlari majmui.
    Mahsulot sifatini boshqarish –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni iste’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
    Mahsulot sifatini boshqarish tizimi – sifatni boshqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
    Mahsulotning material sig‘imi – xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari.
    Mahsulotning mehnat sig‘imi – mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga teskari bo‘lgan kattalik, y’ani moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati.
    Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko‘rsatkichlariga mos keluvchi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi.
    Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotiy davrining 5 bosqichi - yaratish, ishlab chiqarish, bozorga chiqarish, o‘sish va bozorning to‘yinishi, ma’naviy eskirishi - jarayonining almashinish muddati.

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   222




    Download 3,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari

    Download 3,57 Mb.