chastotali (foydalaniladigan tokning chastotasi 0,1 MGs dan kam) va
yuqori chastotali (0,1 MGs dan ko‘p) bo‘ladi. Konduktometriyaning
qo‘llanilishiga ko‘ra esa bevosita va bilvosita (konduktometrik titrlash)
konduktometriya usullariga bo‘linadi.
Analitik signalni o‘lchash
Tutash konduktometrik o‘lchashlar elektr o‘tkazuvchanlikni
o‘lchash uchun mo‘ljallangan yacheykalarda bajariladi.
Oddiy konduktometrik yacheyka parallel
joylashtirilgan platina
yoki grafit elektrodlari mahkamlangan shisha idishdan (28.1-rasm) iborat.
Konsentratsion qutblanishni kamaytirish uchun katta sirt maydoniga ega
bo‘lgan platina kukuni bilan qoplangan platinadan foydalaniladi.
Yacheykadagi eritma doimiy aralashtirib turiladi. Yacheyka taxminan
1000 Gs chastotaga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok manbasiga ulanadi.
Elektrolit eritmasi orqali elektr toki o‘tganda elektrokimyoviy reaksiyalar
amalga oshishi elektrodlar qutblanishi ro‘y berashi mumkin. Bu hodisalar
o‘zgaruvchan tok ta’sirida kam ifodalanadi.
28.1- rasm. Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun yacheykalar
1- qat’iy qayd qiladigan elektrodlar bilan; 2- konduktometrik titrlash uchun
Bir necha turdagi konduktometrik yacheykalar ma’lum:
idishga
mahkamlangan elektrodli yacheykalar ma’lum hajmli eritmaga ega; elektr
o‘tkazuvchanlikni o‘lchashdan oldin eritmaga tushiraladigan qo‘zg‘almas
o‘qqa o‘rnatilgan elektrodli konduktometrik titrlash uchun mo‘ljallangan
yacheykalar; oquvchan tipdagi yacheykalar.
Konduktometriyada bevosita o‘lchanadigan kattalik qarshilikdir.
Eritmaning qarshiligini Uinston ko‘prigi yordamida o‘lchash mumkin.
O‘zgaruvchan tok ko‘priklari tenglashtirilgan yoki tenglashtirilmagan
bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan ko‘prik holatida (k-rasm) R
1
, R
2
va R
3
qarshilik qiymatlari shunday bo‘lishi kerakki, bunda ko‘prik muvozanat
holatiga kelishiga kerak vat ok kuchi o‘lchov
dioganalida nolga teng
bo‘lishi (yoki minimal qiymatli bo‘lishi) lozim.
28.2 – rasm. Konduktometriyada qo‘llaniladigan Uinston ko‘prigi: 1-
o‘zgaruvchan standart qarshilik; 2- konduktometrik yacheyka.
O‘lchanadigan qarshilik va solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik
qiymati quyidagilarga teng:
R
x
=
𝑅
3
𝑅
2
𝑅
1
(8)
K=
𝑙
𝑅
𝑥
𝑆
(9)
l va S qiymatlarni qoniqarli aniqlik bilan o‘lchash qiyin, shuning
uchun oldin solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi ma’lum bo‘lgan
eritmaning qarshiligi o‘lchanadi. Bunday standart
sifatida KCl eritmasi
ishlatiladi. Adabiyotlardagi turli ma’lumotnomalarda har xil
temperaturalardagi kaliy xloridning turlicha konsentratsiyali (molyallik
va
massa
ulushlarda)
eritmalari
uchun
solishtirma
elektr
o‘tkazuvchanliklari qiymatlarini topish mumkin. δ-jadvalda misol sifatida
olingan kaliy xlorid eritmasining solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik
qiymatlari keltirilgan.