Yuqori chastotali konduktometriyaning yutuqlariga juda past va
juda yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan eritmalarni analiz qilish
imkoniyatini kiritish mumkin. Elektrodlar eritmadan tashqari bo‘lgani
uchun ularning qutblanishi ro‘y bermaydi. Usuldan juda agressiv (zaharli
va badbo‘y hidli) muhitlarda hamda yoniq tizimli sharoitlardagi (masalan,
trubalar, ma’lum chuqurliklarda) analizlar jarayonlarda foydalanish
qulay. Odatdagi konduktometriyaga taqqoslanganda yuqori chastotali
konduktometriyaning asosiy kamchiligi jihozlar va asbob – uskunalarning
narxi qiymatligidadir.