|
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”
|
bet | 3/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 332,6 Kb. | | #238449 |
Bog'liq Kiber huquq MI1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun 2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko‘rib chiqilgan va u 23 moddadan iborat. Bu qonunga ko‘ra axborot resurslari va axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish, axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishini amalga oshirish, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish, xalqaro axborot tarmoqlaridagi ulanishni amalga oshirish, nizolarni hal etish, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Konfidensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari
Axborot xavfsizligini ta’minlash Axborotni himoya qilish deganda: - Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
- Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
- Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
- Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat'iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
|
| |