|
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat
|
bet | 4/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 332,6 Kb. | | #238449 |
Bog'liq Kiber huquq MIAxborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo’qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf - xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish, to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda sub'ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Himoya vositalarining tahlili Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko’rilayotgan masala maqsadi va unga yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo’lib, tarmoq fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi. Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob'ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So’ngra dushmanning bu ob'ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko’riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta’minlamaydigan ob'ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko’p sonli foydalanuvchilarga ega bo’lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
|
| |