asosiy vazifasi talabaga faqatgina amaliy bilimlarni berishdan iborat bo‘lishi
mumkin.
Simulyator, elektron darsliklar va o‘quv
dasturlar - nazariy va
amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali talabalarga off-layn holatida
yetkazish yo‘li. Simulyator va elektron dasrliklar xozirgi kunda ta’lim
sohasida juda keng qo‘llanilmoqda.
Test topshirish tizimlari - bu maxsus dasturlar
yordamida talabalarning
amaliy va nazariy bilimlarini tekshirib, ularni baholash uchun xizmat qiladi.
Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (on-
layn resurslar) bo‘lib, ularning asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil qilish,
talaba va o‘qituvchi o‘rtasida elektron on-layn muloqotni o‘rnatish,
o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni joylashtirish
va talabalarga ushbu
ma’lumotlar bilan ishlashga hamda boshqa masofaviy ta’lim servislaridan
foydalanishga imkoniyat yaratishdan iborat.