|
Avtomabil transportining qо‘llanish sharoitlari
|
bet | 8/23 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 95,36 Kb. | | #102852 |
Bog'liq F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari4.2. Avtomabil transportining qо‘llanish sharoitlari.
Avtomobil transporti, asosan, yuk aylanmasi kichikroq boigan (15-20 min. tonna/yil) karyerlarda qoilaniladi. Tashish masofasi esa 4 - 5 km dan oshmasligi kerak. Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori boigan (75 - 180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50 - 60 mln.tonna/yil boigan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Avtotransport temiryoi transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega: avtomobil y o ii trassasining ko‘tarilish balandligi temiryoiga nisbatan ancha katta (80 - 1 0 0 %o) va trassa konstruksiyasi sodda; avtotransport har qanday o‘zgarishlarga tez moslana oladi va manyovrchan boiadi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta’minlaydi. Tashish masofasining o‘sishi natijasida avtotransport samaradorligi keskin kamayishi, avtotransport qoilanishining iqlimiy sharoitga bogiiqligi, yuk ko‘tarish qobiliyati katta boigan avtoag'dargichlar narxining balandligi va ularni eksplutatsiya qilishda joriy xarajatlaming yuqori boiishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
4.3. Qazish-yuklash uskunalari.
Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon jinslarini kavjoy dan ajratib olib, uni transport vositasiga yuklash yoki qoplama jinslar ag‘darmasiga eltib, to‘kishni o‘z ichiga oladi.
Karyerlarda qazib-yuklash uskunalari sifatida siklli yoki uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatsiyalovchi mashinalardan foydalaniladi (19-rasm). Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‘lib qazib-yuklash ishlari deb yuritiladi. Siklli ishlaydigan mashinalaming (bir cho‘michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar, buldozerlar va boshqalar) ishchi organi davriy harakatlanuvchi faqat bitta cho‘mich yoki qirish elementi (buldozer pichog‘i - lemexi) dan tashkil topgan bo‘lib, davriy ravishda kon massasini kavjoy dan ajratib olib, to'kish joyiga eltib berish vazifasini bajaradi. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho'michli zanjirli, rotorli ekskavatorlar va boshqalar) ishchi organi (cho‘michi yoki qirg‘ichi) halqasimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli uzluksiz yuk potokini hosil qilib. qazibyuklash ishlari uzluksizligini ta’minlaydi. ЭКГ-4,6, ЭКГ-81, ЭКГ-12,5, ЭКГ-20; ЭВГ35/65, ЭВГ-15/40, ЭВГ-100/100 rusumli mexanik cho‘michli. ЭШ-4/40, ЭШ-10/60, ЭШ-15/90, ЭШ-100/100 rusmli draglaynlardan keng foydalaniladi.
|
| |