Karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga televizion videodarslarni yetkazish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining topshirig‘iga muvofiq:
Videodars mashg‘ulotlari joylashtiriladigan vazirliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari va rasmiy veb-saytlari (UZ-domen) foydalanuvchilar tomonidan talab ortib ketgan holatlarda uzluksiz ishlashini ta’minlashda hamda zarurat bo‘lganida xosting imkoniyatlarini kengaytirishda texnik ko‘maklashilmoqda.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ochiq holda 4 ta televizion kanal orqali «online-maktab» rukni bilan tashkil etilayotgan televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha yer usti raqamli televideniye, kabel televideniye, IP-televideniye tarmoqlari orqali hamda yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali ochiq holda tarqatilishini tashkillashtirish choralari ko‘rilmoqda.
|