• 1199 ishonch raqamiga
  • Karantinga olingan tibbiyot muassasalarida bepul Wi-Fi o‘rnatib berish mumkinmi?




    Download 18,39 Kb.
    bet9/9
    Sana04.04.2021
    Hajmi18,39 Kb.
    #14103
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Karantinga olingan tibbiyot muassasalarida bepul Wi-Fi o‘rnatib berish mumkinmi?

    Hozir kunda karantinga olingan tibbiyot muassasalari barcha aloqa vositalari bilan ta’minlangan. Agarda karantinga olingan tibbiyot muassasalari tomonidan Wi-Fi zonalar o‘rnatish masalasida murojaat qilinsa, uni albatta ta’minlab berish imkoniyatimiz mavjud.

     

    Karantin rejimi vaqtida boshqa davlatlardan pochta jo‘natmalari qabul qilish va yuborish mumkinmi yoki yo‘qmi? Agar boshqa davlatlardan pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yuborish mumkin bo‘lsa qanday pochta jo‘natmalariga ruxsat berilgan?

    Bir muhim jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Pochta uzoq tarixga, judayam ko‘p qirrali yo‘nalish ega soha. Pochta xizmati strategik ahamiyatga ega deb bemalol aytish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy , epidemiologik vaziyatlarda ham pochta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif hech qachon to‘xtab qolmagan, aksincha, doimiy ravishda o‘sib boriladi. Ushbu tendensiya pochta xizmati mutaxassislarini doimiy ravishda o‘z ustidan ishlashga, tizimga yangi texnologiyalarni joriy qilishga, pochta xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.

    Shu nuqtai nazardan, biz pochta tizimida xavfsizlikni ta’minlash, pochtalar orqali kelishi mumkin bo‘lgan turli epidemiologik holatlarni oldini olishga doimiy ravishda jiddiy e’tibor qaratamiz. Pochta sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan parallel ravishda ish olib boriladi. Shu bois, jahonda turli epidemiologik kasalliklar va viruslar tarqalishidan qat’iy nazar, yurtimiz aholisiga hech qanday xavf-xatar pochta orqali kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Va eng muhimi shu vaqtgacha O‘zbekistonda bunday holat kuzatilmagan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus narsalar ustida, jumladan posilka, banderollarda uzoq saqlanmaydi. Bugungi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqa davlatlardan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan holda qabul qilmoqda.

    Lekin global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli ko‘p mamlakatlarda havo va temir yo‘llari transportlari harakatlanish rejalari o‘zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to‘xtatilgan. Shu nuqtai nazardan ko‘p mamlakatlardan pochta jo‘natmalari kirib kelishida vaqt nuqtai nazaridan muammolar yuzaga kelishi mumkin.

    Bu muammo bo‘yicha ham barcha ishlar amalga oshirilmoqda.

    * * *


    Hozirgi kunda O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar shulardan iborat.

    Shuni ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan koronavirus epidemiyasini tarqalishini oldini olish, xususan, pochta xizmatlarida sanitariya-epidemiologiya standartlari asosida pochta jo‘natmalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga, shuningdek, onlayn masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



    Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha beriladigan barcha savollar uchun vazirlikning 24 soat ishlaydigan qisqa raqamli 1199 ishonch raqamiga fuqarolar murojaat qilishlari mumkin!
    Download 18,39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 18,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karantinga olingan tibbiyot muassasalarida bepul Wi-Fi o‘rnatib berish mumkinmi?

    Download 18,39 Kb.