Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar




Download 35.99 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2023
Hajmi35.99 Kb.
#75641
1   2   3   4
Bog'liq
N23 Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar.
Документ Microsoft Word (3), 4-mustaqil ish, ВВЕДЕНИ1, 962-18. Исмоилова Матлуба, Bolaning rivojlanish xaritasi, 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627, Bizning jonajon armiya” haqida suhbat, Mavzu Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Reja-fayllar.org, MEHRJON BAYRAMI SENARIYSI(1)(1), Smartfonni qanday tanlash kerak, sinf rahbari hujjati yangi varianti (2), 10-Mavzu Mehnat, ШИОР 2018 ЙИЛ, MTM-ingliz-tili-ish-reja
Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo`yicha hujjatlarni buxgalteriya hisobi to`ldirilishini, materiallarning harakati bo`yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati miqdoriy va summasi aks ettirilishi hisobini, moliyaviy hisoblashlarni ta’minlaydi. Mod­diy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklar­ning harakati bo`yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.
Savdo tashkilotlari uchun dasturiy mahsulotlar bux­galteriya hisobini marketing operatsiyalari majmuida ko`p vazifaviy ishlab chiqilishini ko`zda tutadi. Masalan, «ombor» moduli ombordagi tovarlar harakatini olib borishga, xaridlar kitobini tuzishga, schyotlarni yozib borishga provodkalarni avtomatik shakllantirish va ularni hisobchiga topshirishga, narx varaqalarni avtomatik shakllantirishga, do`konning savdo zalida o`rnatilgan kassa apparatlari bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o`zaro hamkorliklarini; tashqi aloqalar — boshqaruvning o`zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo`linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o`zaro hamkorligini aks ettiradi.
Hisob vazifalari majmualarining o`zaro bog`lanishi buxgalteriya hisobi uslubiyotining o`ziga, schyotlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimiga kiritilgan, bu yerda har bir xo`jalik operatsiyasi ikki marta: bittasi schyotning kreditida va boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosiga kiritilgan ishlab chiqarishning uch pallasini farqlashga imkon beradi. Birinchi pallada birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqarish va hisob­ning har bir uchastkasi bo`yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi (masalan, ish haqi hisobi bo`yicha hisoblash to`lov hujjatlari, qo`shib hisoblangan va ushlab qolingan ish haqining to`plamlari va boshqalar tuziladi). Qayta o`zgartirishning barcha operatsiyalari hisobning aniq uchastkasining ADP yoki buxgalteriya hisobining yagona moduliga qurilgan moduli asosida bajariladi.
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axbo­rotli aloqasiga alohida to`xtash zarur. Asosan bu aloqa me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, hamda yig`ma moliyaviy hisobotni manfaatdor tashkilot-yuqori ma’muriy idoralar, soliq qo`mitasi, statis­tika idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqalarga berishdan iboratdir. ShKda olingan bux­galteriya hisobotlarining shakllarini yuqori idoralarga taqdim etish qonunlashtirilgan. Bu tashkilotlarga axborotlarni magnitli manbalar va aloqa kanallari bo`yicha topshirish haqidagi masalalar hal qilinmoqda.
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz-Bank» tizimi bo`yicha axborotlarni maishnalararo almashtirish ko`zda tutilmoqda. Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat ko`rsatuvchi bank hisob-kitob schyotlarini tezkor boshqarish bo`yicha xizmatlarni to`g`ridan-to`g`ri taklif qiladi. «Mijoz-Bank» dasturi to`lov topshiriqnomalarni yara­tish, ularni bankka modem bo`yicha uzatish, ShKda hisob-kitob raqamlaridan ko`chirmalar olishga imkon beradi. Bunday axborotlarning himoyalanishini ta’minlash uchun elektron imzodan (usiz uzatilayotgan hujjatlar haqiqiy emas) hamda axborotlarni shifrlashning maxsus tizimidan foydalaniladi. Tizim g`oyatda qulay, vaqtni tejaydi va turli mijozlardan nullarni hisob-kitob raqamiga kelishi haqida axborotlarni olishga imkon beradi va shu tariqa ularga xizmat ko`rsatishni tezlashtiradi. Bundan tashqari «Mijoz-Bank» tizimi to`lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishdan tashkilotni ozod qiladi.
Hisobxona ichidagi va tashqarisidagi turli bo`linmalarda vujudga keluvchi ko`plab boshlang`ich hujjatlarning katta hajmi hamda me’yoriy ma’lumotnomaviy hujjatlardan keng foydalanish bilan ta’riflanuvchi buxgalteriya hisobi axborot ta’minlanishining ba’zi xususiyatlari haqida to`xtab o`tamiz.
Barcha xo`jalik operatsiyalari boshlang`ich buxgalte­riya hujjati — xo`jalik operatsiyasi sodir bo`lganligi haqidagi to`liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo`llash bo`yicha umumiy uslubiy rahbarlik O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjatlar haqidagi qoidalarni nashr qiladi, boshlang`ich hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi, yo`riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi.
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo`linadi. Sohalararo hujjatlar barcha kor­xona va tashkilotlarda qo`llanish uchun yagona bo`ladi. Ularga asosiy vositalarning hisobi bo`yicha hujjatlar, kassa va to`lov hujjatlari, hisob beruvchi shaxslar bilan hisob-kitoblar uchun hujjatlar kiradi.
Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob registrlarini qo`llash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida har bir soha ushbu soha hisobining o`ziga xosligini e’tiborga olgan holda o`z hujjatlarining shakllarini ishlab chiqishlari mumkin. Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va ish haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi uchastkalarida qo`llaniladi.
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish beruvchi-ijroiya)dir, masalan, kreditga farmoyish beruvchilar tomonidan imzolangan ish xaqini to`lash qaydnomasi xazinagar uchun farmoyish beruvchi hujjat bo`ladi, ish haqi berilib bo`lgandan keyin qaydnoma ijroiya (oklovchi) hujjat maqomini oladi.
Yagona birlamchi hujjat bitta xo`jalik operatsiyasi bo`yicha axborotlar manbai, yig`ma esa vaqtning belgilangan qismi (kun, hafta, oy)dagi bir turli xo`jalik operatsiyalarini butun majmuasi haqidagi axborotlar manbai bo`ladi. Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo`lda yoki kompioterlarda) texnikasi korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo`linmalarini kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog`liq. Ammo ayrim xo`jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda hujjatlarni qo`lda tuzishni ko`zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat, masalan, bo`linmalar, tsexlar, brigadalar bo`yicha ishlovchilar asosida buxgalte­riya hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlarning har xil turlari: umumdavlat, sohaviy va mahalliydanfoydalaniladi.
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O`zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy iqtisodiyot sohasining UT(MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THSHK), davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o`lchov birligi kodi (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo`lgan axborotlarni kodlashtirish uchun foydalani­ladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga olgan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlarning sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo`lgan tasniflagichlarni kiritamiz.

Download 35.99 Kb.
1   2   3   4




Download 35.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar

Download 35.99 Kb.