Korxonalar faoliyatida marketing strategiyasi




Download 75,12 Kb.
bet2/3
Sana08.07.2024
Hajmi75,12 Kb.
#267049
1   2   3
Bog'liq
3biznes

Metodologiya


Korxona marketing strategiyasini ishlab chiqishda bir qancha jarayonlarni amalga oshirishi, faoliaytga ta‟sir qiluvchi tashqi omillar va ichki omillarni chuqur tahlil qilishi juda muhim. Bozor potensiali, hajmini, raqobatchilarni ham hisobga olib qaror berish alohida ahamiyatga ega. 1-rasmda keltirilgandek marketing strategiyasini ishlab chiqarishda dastlabki bosqich korxona o‟z maqsadlarini belgilab olishgi kerak, ya‟ni bular qaysi bozorda faoliyat yuritishi, mijozlar auditoriyasini aniqlashi, qanday va qancha mahsulot ishlab chiqarishi belgilashi lozim. Keyinchalik bozor tahlili va ular asosida reja va dastur ishlab chiqish hisoblanadi.

1-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi [5].
Marketing strategiyasini tuzishdagi bozor segmentatsiyasi - bu yosh, daromad, sevimli mashg'ulotlari va joylashuvi kabi umumiy xususiyatlar asosida mijozlar bazasini kichik guruhlarga bo'lish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan usul. Segmentatsiyaning maqsadi marketing harakatlarini sizning ideal mijoz profilingizga (ICP), ya'ni mahsulot yoki xizmatingizni sotib olish ehtimoli yuqori bo'lgan mijozlarga moslashtirishdir Bozor segmentatsiyasining tamoyillari quyidagilardir:

  1. Geografik tamoyil;

  2. Psixografik tamoyil;

  3. Demografik tamoyil;

  4. Xulq-atvor tamoyili.

Geografik tamoyili bozor joylashuv o‟rni, u yerdagi aholi zichligi, tabiiy sharoitlarni o‟rganish. Psixografik tamoyilda siz mijozlar auditoriyangizning hayot tarzi, ijtimoiy holati, qiziqishlarini va e‟tiqodlarini tahlil qilishingiz zarur. Demografik omillarda aholi jinsi, yoshi, soni, daromad darajasi kabi statistik tahlilni nazarda tutadi. Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo„l, foydalanuvchi maqomi, iste‟mol jadalligi, bog„lanib qolish darajasi, tovar haqida ma‟lumot berish, tovarga bo„lgan munosabati hisobga olinadi.
Korxonaga faoliyatiga ta‟sir qiluvchii omillarni tahlil qilishda keng qo‟llaniladigan usullar bu SWOT tahlil hisoblanadi. SWOT tahlilning asosiy vazifasi korxonaning kuchli, zaif tomonlar, imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlash va muhokama qilish. SWOT tahlil negizida tashkilotning resurslarni hozirgi kuchli tomonlar bilan hal qilinishi mumkin bo'lgan moddiy tahdidlarga taqsimlash kerakligini tavsiya qilinadi.Tashkilotning ikkinchi ustuvor yo'nalishi mavjud kuchli tomonlardan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarni yuzaga chiqarish kerak. Uchinchi ustuvor vazifangiz jiddiy tahdidlar mavjud bo'lgan zaif tomonlarni mustahkamlashdir.

Kuchli tomonlar bilan boshqarilishi mumkin
bo‟lgan tahdidlar

Kuchli tomonlar

Tahdidlar

Imkoniyatlarga to‟sqinlik qiluvchi ichki
zaifliklar

Imkoniyatlar

Zaif tomonlar


Kuchli tomonga aylanishi mumkin bo‟lgan imkoniyatlar

Tahdidli bo'lgan
zaif tomonlar

Download 75,12 Kb.
1   2   3




Download 75,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalar faoliyatida marketing strategiyasi

Download 75,12 Kb.