|
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES INBog'liq TurkiyaDEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
38
Amalga oshirilgan korrelyatsion-regression tahlillar natijalariga asoslangan
holda, o‘rta muddatli istiqbolda Andijon viloyati oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida
raqobatbardoshlik darajasini boshqarish samaradorligini oshirish orqali
erishiladigan iqtisodiy o‘sish darajasi umumiy indeksining rivojlanishiga oid
prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Tahlillarga ko‘ra, keyingi yillarda
viloyatda oziq-ovqat sanoati korxonalarini fondlar bilan qurollanish darajasini
oshirish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sish darajasiga erishish mumkin bo‘ladi (4-
jadvalga qarang).
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasida belgilangan ustuvor islohotlarning yo‘nalishlaridan biri bu
mamlakatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘lib,
ushbu dastur doirasida oziq-ovqat xom ashyo bazasini kengaytirish va organik
mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Ushbu
maqsadli chora-tadbirlar dasturlari doirasida 2022 yilda Davlat investitsiya
dasturi doirasida umumiy qiymati 440 mln AQSH dollari bo‘lgan 50 ta yirik
loyihani amalga oshirish, 2026 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari hajmini 7,4
mln tonnaga, qayta ishlash darajasini sut bo‘yicha 32 foiz, go‘sht – 25 foiz, meva-
sabzavot – 28 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, oziq-ovqat sanoati
korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5
barobarga oshirish orqali 2022 yilda respublika miqyosida quyidagi vazifalarni
hal etish belgilangan:
5
- sanoatbop meva-sabzavot hajmi 3,4 mln tonnaga, qayta ishlash
quvvatlarini 3,1 mln tonnaga va qayta ishlash darajasini 16 foizga yetkazish;
- meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini 3,1 mln tonnaga (107 foiz),
sutni – 2,9 mln tonnaga (111,5 foiz), go‘shtni – 410 ming tonnaga (119 foiz)
yetkazish;
- oziq-ovqat mahsulotlari assortimentini (qayta ishlangan go‘sht-sut, meva
sabzavot, yog‘-moy va boshqalar) 898tadan 1100 taga yetkazish;
- 3,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish.
Yuqorida amalga oshirilgan tahlillar, jumladan, o‘rta muddatli istiqbolda
mamlakatimizda oziq-ovqat sanoati tarmog‘ini rivojlantirishning ustuvor
maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holla, keyingi yillarda oziq-ovqat sanoati
korxonalari raqobatbardoshlik darajasini boshqarish samaradorligini oshirishda
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, korxonalarda oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan
qurollantirishga ustuvorlik qaratilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 son Farmoni, 28.01.2022 y. https://lex.uz/docs/5841063
|
| |