DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
35
KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIK DARAJASINI BOSHQARISH
SAMARADORLIGINING EKONOMETRIK TAHLILI
Ro‘zimov Bahromjon Baxodirjonovich
Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti
E-mail: bahromjon7174@inbox.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.7536742
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,
jumladan, oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida xo‘jalik faoliyati yurituvchi korxonalar
faoliyatini rivojlantirish, ularning milliy va xalqaro darajadagi raqobatbardoshlik
darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar bugungi kunda o‘z
samarasini
bermoqda. Tahlillarga ko‘ra, Andijon viloyati oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida
iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksi 2016-2021 yillarda qariyb 1,6
marta ortgan holda, mos ravishda 0,71 dan 1,12 koeffitsiyentga yetdi (1-jadvalga
qarang). Ushbu holat viloyat oziq-ovqat sanoati
korxonalarining barqaror
rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib kelayotganligidan dalolat beradi. Shu
bilan birgalikda, viloyat oziq-ovqat sanoati korxonalarining
bunday iqtisodiy
o‘sish indeksiga erishi ularning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari ham yildan-
yilga ortib
borayotganligini anglatadi, degan xulosaga kelish mumkin bo‘ladi.
Viloyat oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida xo‘jalik faoliyati yuritayotgan
korxonalarning raqobatbardoshligi darajasini
boshqarish samaradorligini
ortishida aynan qaysi omillar muhim ahamiyat kasb etayotganligini aniqlash
maqsadida, shartli ravishda viloyat oziq-ovqat sanoati
tarmoqlarida iqtisodiy
o‘sish darajasining umumiy indeksining rivojlanish ko‘rsatkichlariga sohadagi
mehnat
unumdorligi, fondlar qiymati, fondlar bilan
qurollanish darajasining
ta’sirini baholashni lozim deb topdik (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Andijon viloyati oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligi
darajasini baholashning ekonometrik usulida foydalaniladigan ko‘rsatkichlar
1
Yillar (T)
Iqtisodiy
o‘sish
darajasining
umumiy
indeks
(Y)
Mehnat
unumdorligi
(mln so‘m)
(X1)
Fondlar
qiymati (mln.
so‘m)
(X2)
Fondlar
bilan
qurollanish
darajasi (mln.
so‘m)
(X3)
2016
0,71
182,3
2,03
89,8
2017
0,73
234,2
2,42
96,7
1
Muallif tomonidan tuzilgan