|
Korxonalarda smt ni joriy qilish maqsadida xodimlarni o‘qitish
|
Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 12,46 Kb. | | #261736 |
Bog'liq Документ Microsoft Word
Korxonalarda SMT ni joriy qilish maqsadida xodimlarni o‘qitish. Avtomobil yo‘llari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Yo‘l ustalari mutaxassis kadrlarni Yo‘llarni saqlash va ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha 72 soatlik Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash. O‘quv jarayonlari texnika fanlari nomzodi toifasidagi tajribali o‘qituvchi pedagoglar tomonidan amalga oshirilishi. 72 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi davomida yo‘l ustalariga sohaga doir zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, yangi ishlab chiqarilayotgan yo‘l sohasiga doir qonunlar, V.M. qarorlari, farmon va farmoyishlar, prezident qarorlari , MQN, SHNQ, QR, IQN va QMQlarni tushuntirib borish. Malaka oshirish o‘quv dasturida seminar, ma’ruza va amaliyot darslari orqali “Yo‘llarni saqlash va ta’mirlash” ustalariga asfaltbeton va sementbeton qoplamali avtomobil yo‘llarini saqlash, yozda saqlash, kuz va qishda saqlash, ta’mirlash va ularning turlari haqida dunyoning yetakchi davlatlari qo‘llab kelayotgan ta’mirlash texnologiyalarini chuqur o‘rgatish. Amaliyot darslarida bevosita qurilish davom etayotgan yo‘l uchastkalarida teodalit, nivelir kabi geodezik asboblar, 3 metrli reyka, talchgomer va turli xildagi priborlar bilan ishlashni o‘rgatish va jarayon davomida mustaqil amaliy ishlar bajarish.
|
| |