BOB Korxonaning rivojlantrishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni strategik rejani ish chiqarishdagi ahamiyati




Download 45,82 Kb.
bet2/9
Sana21.05.2024
Hajmi45,82 Kb.
#248283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KOMPANIYA STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR

BOB Korxonaning rivojlantrishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni strategik rejani ish chiqarishdagi ahamiyati.

  1. Korxonaga ta’sir etuvchi omillar.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov o’z ma’ruzasida ‖2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tprmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdanyangilashni jadallashtirish va uning kulamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor deb ta’kidlaganligini yuqorida keltirib o’tgan edik.
Darxaqiqat, 2013 yil uchun chiqilgan 370dan ortiq strategik muhim loyihalarni amalga oshirishni ko’zda tutadigan investitsiya dasturi maqsadlari uchun ajratilgan 13 mlrd. dollarning qariyb to’rtdan uch qismi yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya kilish uchun yunaltirilgagligi buning yakkol misolidir.
Demak, bugungi kundagi dunyo bo’ylab hukm surayotgan jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy soxalarda, jumladan ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan zamon talabiga javob beradigan qilmb yangilash, yangi mahsulot turlarini iste’molchi va bozor talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv - malakaviy ishining nazariy qismida korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi bir qancha omillar mavjudligi haqida fikr yuritilgan edi. Ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan biri sifatida ―Farg’ona Don maxsulotlari‖ OAJda modernmzatsiyalash, texniktexnologik jihatdan yangilash masalalarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan aqtisodiy islohotlar natijasida o’tgan 2012 yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini o’zida mujassam etgan O’zbek modelining eng muhim tamoyillaridan biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekani haqidagi printsipdan kelib chiqib, davlat tomonidan oqilona, faol investitsiya siyosati olib borildi. Buni o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar miqdoridan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2012 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 11 milliard 700 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu 2011 yilga nisbatan 14 foiz ko’p demakdir1. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi2.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak,
Odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi tarif berilgan: ―Modernizvtsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan bunda mashina, asbob uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi.‖
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini qo’llabquvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi.
SHu o’rinda bugungi kunda jahon mamlakatlarining global muammosiga aylangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga e’tiborni qaratish lozim.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralarini o’z ichiga olgan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqilgan. Unda aks ettirilgan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish tadbirlaridan biri inqirozning hozirgi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yanada oshirish maqsadida 2009-2014 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik-texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan, mamlakatimizda 2009-2014 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bo’yicha muhim loyihalarni amalga oshirish choralari dasturi umumiy qiymati 42,51 mlrd. doll.dan iborat 852 ta investitsiya loyihasini o’z ichiga oladi. Buning e’tiborli jihati shundaki, dasturdagi jami loyihalardan umumiy qiymati 19,3 mlrd. hajmdagi 138 tasiinnovatsion tavsifga ega. Bu esa, mamlakatimiz iqtisodiyotining yaqin kelajakda zamonaviy texnika va texnologiyalarga, ishlab chiqarishning ilg’or usullariga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan, raqobatbardosh iqtisodiyotga aylanishadan dalolat beradi.
SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.



    1. Download 45,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 45,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB Korxonaning rivojlantrishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni strategik rejani ish chiqarishdagi ahamiyati

Download 45,82 Kb.