Strategiyani amalga oshirish mexanzmi




Download 45,82 Kb.
bet8/9
Sana21.05.2024
Hajmi45,82 Kb.
#248283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KOMPANIYA STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR

Strategiyani amalga oshirish mexanzmi

Prezidentimiz 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.


O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi.
2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi (quyida — yanada batafsil)
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari 
hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo'naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional 
va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog'lig'ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga prezidentning o'zi boshchilik qiladi.
Hujjatda harakatlar strategiyasini o'z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanishi belgilandi.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas'ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda byurokratik to'siq va g'ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo'l qo'ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta'minlash belgilangan.

Xulosa:
Korxonalar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va zaruriyatlardan biri korxonani texnik-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish yo’li bilan samaradorlikni oshirish orqali respublika real iqtisodiyoti tarmoqlarida vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini olish va istiqbolli taraqqiyotga imkon yaratishdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ―O’zbekiston innovatsion rivojlanish yo’li bilan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali samaradorlikni oshirishning xozirgi zamon modeliga o’tish uchun xamma zarur sharoitlarga ega, deb ta’kidlab o’tadi.
Darxaqiqat, fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani, yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni, mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o’z ichiga oladi. To’xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning xal qiluvchi yo’nalishlaridan eng muximidir.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha choratadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan bo’ladi.


Download 45,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 45,82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Strategiyani amalga oshirish mexanzmi

Download 45,82 Kb.