• Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu.Qarorlarni boshqalar bilan bo‘lishish va ularni ergashtirish. (4 soat)




    Download 199,17 Kb.
    bet32/38
    Sana01.12.2023
    Hajmi199,17 Kb.
    #108914
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment-www.hozir.org (1)

    9-mavzu.Qarorlarni boshqalar bilan bo‘lishish va ularni ergashtirish. (4 soat)


    1-ma’ruza mashg‘uloti


    1.

    Etakchi rolini bajarish va nostandart fikrlash




    2.

    Vazifaga ehtiyojlarni aniqlash.




    2-ma’ruza mashg‘uloti


    3.

    Jamoaga xizmat ko‘rsatish ehtiyojlari. SHaxsiy ehtiyojlar.




    4.

    Etakchilik funksiyalari.





    Tayanch so‘z va iboralar:nostandart fikrlash, etakchi, mantiq, funksiya, obraz, kompaniya, top-menejer, konsepsiya, etakchilik funksiyalari
    1. Etakchi rolini bajarish va nostandart fikrlash.
    Nostandart fikrlash - bu ixtiyoriy vaziyatdan chiqish maqsadida noizchil va hatto, mantiqsiz usullar orqali noodatiy, yangi, eng ma’qul qarorlarni izlab topa olishqobiliyatidir.

    Nostandart fikrlash - bu mantiqan to‘g‘ri tahliliy fikrlashdan farqli o‘laroq, obrazli (ta’sirchan) fikrlash hamdir.

    Mantiqiy fikrlash - bu insonning temir yo‘l yoqasida turib, oldidan eldek uchib o‘tayotgan poezd vagonlari ketma-ketligini kuzatib turgani kabidir. Muhim qaror vagonlar tarkibiningoxirida kelishi mumkin.

    Mantiqiy fikrlash oldin o‘zlashtirilgan tajribalar chegarasidan chiqmaydi, faqat ayni hozirgi vaqtni qamrab oladi.

    Er yuzasining aksariyat aholisi vakillari mantiqiy fikr yuritadilar. Bu oddiy hayotiy formula: “Hamma shunday qilyaptimi, demak, men ham shunday qilishim kerak”, - degan fikrni anglatadi.

    Obrazli fikrlashni xuddi vertolyotdagi insonning yuqoridan turib, poezdning parovozidan to oxirgi vagonigacha, hatto, undan uzoqroqni ham kuzatayotgani kabi tasavvur etish mumkin. YA’ni masala yuqoriroq, teranroq, kengroq, uzoqroq va har tomondan kuzatiladi.

    Nostandart fikrlay olish yaxshi xislat. Nostandart fikrlovchi kishi o‘z faoliyatida va oldingi natijalarda ham qoqilmaydi. U o‘zigacha hech kim qo‘llamagan, boshqalar uchun g‘ayrioddiy va mantiqsiz tuyulgan yangicha yo‘llar, metodlar va usullarni qidiradi. U faqat kelajak bilan yashaydi. Butun taraqqiyot shunday kishilar hisobiga amalga oshadi. Biroq bunday kishilar kamdan-kam uchraydi. Barcha insonlar ma’lum ma’noda nostandart fikrlashga ega bo‘lishi mumkin:

    • ijodiy fikrlash;


    • kreativ fikrlash;


    • yangi g‘oyalarni o‘ylab topish imkoniyati;


    noodatiy qarorlarni o‘ylab topish qobiliyati.

    Nima sababdan kishilar nostandart fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishni istashadi? Bunga erishish mumkinmi? YOki biz tug‘ilganimizdayoq bizga berilgan ijod miqdori bilan yashashga mahkummizmi? Ijodiy fikrlashni rivojlantirish zarur ekan, buni qanday amalga oshirish mumkin? Ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishning oqibati nimadan iborat?

    Diqqat! O‘z kelajagingiz haqida bir lahza o‘ylab ko‘ring. Sizni o‘z kelajagingiz qanday bo‘lishi o‘ylantiryaptimi? O‘ziga xos hayot kechirishshni istaysizmi? “Boshqalardan farqli” daromad egasi bo‘lishni hohlaysizmi? Noyob kasb egasi bo‘lmoqchimisiz? Ko‘pchilik erisha olmagan narsalarga erishish istagidamisiz? Demak, sizning tafakkuringiz siz o‘zib ketmoqchi bo‘lgan kishilarning standart, o‘rtamiyona fikrlaridanfarq qilmog‘i zarur.

    A.Eynshteyn faraz qilishko‘nikmasini bilimdonlikningeng yuqori pog‘onasi deb hisoblagan, farazsiz yangilik ochish mumkin emasligiga ishongan.

    Bas, balki oramizda insoniyat hayotini o‘zgartirishga qodir, buyuk nimadir yaratish istagida bo‘lgan kishilar bordir. Hech bo‘lmaganda, o‘z hayotini engillashtirishga uringan kishilar bo‘lishi mumkin.Unday bo‘lsa, buyuk olim xitoblariga amal qilib, darhol o‘z tasavvuringizni rivojlantirishga kirishishingiz darkor.

    Xo‘sh, nima uchun biz nostandart tafakkurni shakllantirishimiz zarur? Buning sabablarini sanab o‘tishimiz mumkin:

    • siz tanlagan har bir ishda muvaffaqiyatga erishish;


    • hayotingiz yorqin, qiziqarli va baxtga yo‘g‘rilgan bo‘lishi;


    • ko‘pchilik topa olmagan ixtiyoriy mushkul vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olish (Stiven Spilbergning “Indiana Jons” filmini eslang, unda


    bosh qahramon unga xiyonat qilganlarida ham yoki qo‘lga tushganida ham doim g‘olib chiquvchi sayohatchi va arxeolog bo‘ladi);

    - doimo hazil-toyiba qilish va doim ko‘tarinki kayfiyatda yurish imkoniga ega bo‘lish;

    • osongina millioner bo‘lish, mayli, hech bo‘lmasa, shunchaki, boy bo‘lish(hayotda, asosan, boy kishilar nostandart fikr yuritadilar);


    • yaqin do‘stlar qurshovida bo‘lish (xuddi shunday nostandart tafakkur bilan). Menimcha, odamlar kimning nostandart tafakkuri kuchli bo‘lsa, shunday kishilarga intiladilar.


    Hozirgi zamonamiz HR-lari shunday fikrlarni ta’kidlaydilar (NR - ixtiyoriy tashkilotdagi shunday mutaxassiski, uning majburiyati ishchilarni tanlash, rivojlantirish, yo‘naltirish, ishdan bo‘shatishdan iborat): “Kompaniya menejerlarining yangi g‘oyalarni kashf etishqobiliyatiga kompaniyaning kelgusidagi taraqqiyoti bevosita bog‘liq”.

    Har qanday tijoratda shu kabi lahzalar bo‘ladi: mahsulot sifati va xizmatlarni ko‘tarish imkoni yo‘q, ammo uning narxini esa hech ham kamaytirish mumkin emas. Nima qilmoq kerak? Bunday paytda tijorat uchun yangi g‘oya izlab topish va rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish uchun nostandart tafakkurga ega xodimlar zarur bo‘ladi. “Nostandart fikrlovchi” rahbarlar - bu inqiroz paytida tijorat uchun noyobtopilmadir, ammo bunday rahbarlar juda kam uchraydi. SHuning uchun ularning qimmati oltinga teng. SHunday rahbarlar toifasiga kirishni istaysizmi? Qiziq, agar kreativ va nostandart tafakkur dolzarb bo‘lgan kishilar ro‘yxati tuzilsa, ularga kimlar kiradi:

    • kompaniyalar rahbarlari va top-menejerlari (agar ular tijoratning jadal rivojlanishi va yuqori daromad keltirishini hohlasalar);


    • o‘z tijoratlarining doimo peshqadam bo‘lishini istovchi tijorat egalari, tijorat taraqqiyotiga ma’sul direktorlar, kompaniyaning art- direktorlari;


    • o‘z faoliyatlari davomida agar ular uchun jamoaviy kreativlikni boshqarishni o‘rganish muhim bo‘lsa, jamoaviy muzokaralar (yig‘ilishlar, kengashlar, munozaralar, aqliy hujum tadbirlari) o‘tkazish imkoniyatidan foydalanuvchi mutaxassis va rahbar xodimlar;


    • reklama agentliklarida tijorat bo‘yicha mutaxassis-frilanser bo‘lib faoliyat yurituvchi yoki ish boshlamoqchi bo‘lgan mutaxassislar va “erkin ijodkorlar” (maslahatchilar, trenerlar, koucherlar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislar);


    • ixtiyoriy ijod va “ijodga yaqin” kasb vakillari;


    • yanada oqilroq, samaraliroq va “ildamroq”ishlashni hohlovchilar;


    • yanada oson va jo‘shqinroq ish yuritishni istovchilar;


    • kasbiy faoliyatda va mansabdatez yuksalish va martabaga erishish istagida bo‘lganlar;


    • shaxsiy hayotida kreativ usullarni qo‘llashni hohlaganlar;


    • yangiliklardan hayratga tushadigan va boshqalarni ham hayratga solishni istovchi kishilar va boshqalar.


    Qiziq, nima uchun ayrim toifa kishilar kashfiyotlar qilish va yangiliklar yaratishga qodir, boshqa bir toifadagilar esa bunday qila olmasliklarini shaxsan siz qanday izohlagan bo‘lar edingiz?

    Bugungi kunda biz aynan shu haqdagi tadqiqot ishlarining ko‘pgina sahifalarida o‘qishimiz mumkin.

    Bugungi g‘oya shunday ko‘rinishga ega:

    Bizning tafakkurimiz fikrlash shablonlarini yaratishga mos tuzilgan (ustidan suv quyilayotgan qumni tasavvur qiling: dastlab suv kichik maydon bo‘ylab sizadi, keyin esa chuqurcha hosil qiladi va unda yig‘ila boshlaydi. Inson miyasida ham xuddi sha kabi jarayon sodir bo‘ladi: ma’lumotlar, tajribalar - bu o‘z ortidan iz qoldiruvchi suv, chuqurcha - bu fikrlash shabloni).

    SHablonlar ikki omilga - insonning qabul qilishi va tajribasi ko‘ra hosil bo‘ladi. SHablonlar hayotimizni muhofaza qilgan holda tezkor qarorlarni topishimizuchun zarurdir. Ular tez va mustahkam holda yaratiladi va kundalik masalalar echimida ko‘mak beradi. Gulni ehtiyotkorlik bilan uzishni o‘rganish uchun bir marta uning tikanidan ozor chekish kifoya.

    SHablonlar kreativlikni ifodalamaydi. SHablonlar asosida fikrlovchi kishi hech qanday o‘ziga xos narsa yarata olmaydi. YAngilik yaratish uchun miyaning odatiy faoliyatiga umuman mos tushmaydigan “suvning qumdagi chuqurchadan boshqa tarafga sizib ketishiga imkon yaratish” lozim.

    G‘oyaning kelishi -tahdid qilmagan ohangda “Nima uchun” degan savolni berishga mo‘ljallanganuskunadir: nima uchun nimadir sodir bo‘ladi, nima uchun bu qanday qilinsa, shunday qilinadi. Natija “Nima uchun?” degan savolga yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga olib keluvchi eng aniq javob tushunchasi hisoblanadi. Maqsad nafaqat muammoli vaziyatlarda, balkihar qanday holatda bahsga kirishish imkoniga ega bo‘lishdan iborat.



    Download 199,17 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




    Download 199,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu.Qarorlarni boshqalar bilan bo‘lishish va ularni ergashtirish. (4 soat)

    Download 199,17 Kb.