Quyosh elementining foydali ish koyeffitsiyenti tushunchasi va uni




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi359.17 Kb.
#47170
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu. QUYOSH ELEMENTINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
1-amaliy OKSIDLAR, ASOSLAR, KISLOTALAR VA TUZLAR, JAVA.doxc
 
Quyosh elementining foydali ish koyeffitsiyenti tushunchasi va uni 
o‘lchash usullari 
Quyosh elementi va quyosh batareyasining foydali ish koyeffitsiyentini (F.I.K.) 
aniqlash uchun tushayotgan optik nurlanish energiyasining miqdorini va element yoki 
batareya ishlab chiqargan elektr energiyasining miqdorini bilish zarur. F.I.K.ni aniqlash 
uchun quyida keltirilgan masalalarni echish kerak bo‘ladi. 
1. Quyosh nurlanishi atmosfera holatiga va uning vaqt davomida tez o‘zgarishiga 
olib kelganligi uchun, uning spektral tarkibini va quvvatini aniq o‘lchash kerak . 
2. Birinchi punktni hisobga olgan holda aniq Quyosh xarakteristikasini qaytara 
oladigan imitatorlar (quyoshdan tarqalayotgan optik nurlariga o‘xshash nurlar paydo 
qila oladigan qurilmalar) yasash ilmiy texnik muammo bo‘lib, haligacha to‘liq 
echilmagan. 
3. Imitatorlarda taqqoslash uchun ishlatiladigan parametrlari vaqt davomida stabil 
o‘zgarmaydigan kerakli spektral sezgirlikka va diapazonga ega bo‘lgan QE ishlab 
chiqish uchun materialning optik va elektrofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tanlash lozim. 


4. Quyosh elementlari va batareyalarining elektrik parametrlarini o‘lchash 
davomida o‘lchov asboblarining ketma-ketlik qarshiligining ta’sirini hisobga olish 
zarur. 
Xulosa kilib aytganda, quyosh elementlari va batareyalarining F.I.K.ni aniqlash bu 
murakkab kompleks masala bo‘lib, uni alohida o‘rganish lozim bo‘ladi. 
Quyosh elementlarining asosiy o‘lchanadigan parametri bu optik nurlanish tushish 
davomida yuklanma ulanganida o‘lchanadigan volt-amper xarakteristikasidir va uning 
yordamida keyin quyida keltirilgan parametrlar topiladi; 
1. QE ishlab chiqarayotgan quvvat R = Uopt Iopt hisoblash mumkin, 
2. Salt yurish kuchlanishining o‘lchangan (Uxx) qiymatiga asosan YaO‘ material 
man qilingan sohasining tuzilmada ishlatish samaradorligini aniqlash mumkin, 
3. Elementning qisqa tutashuv toki va to‘ldirish koyeffitsiyenti (Ikz va ξ ) asosida 
tuzilmadagi optik va fotoyelektrik yuqotishlar hakida ma’lumot olish mumkin, 
4. Quyosh elementi F.I.K.ni η = Ikz Uxx 100%/Yepad S formuladan aniqlash 
mumkin (S-QE yuzasi, sm2 larda olinadi). 
Quyosh elementi foydali ish koyeffitsiyentini aniqlanish darajasi elementga 
tushayotgan optik nurlanishning energiyasini aniqlashga bog‘lik buladi. Elementga 
tushayotgan nurlanish energiyasini o‘lchash usullaridan biri oldindan graduirovka 
qilingan etalon QE yordamida o‘lchashdir. 
Etalon uchun muljallangan QE ni graduirovka qilish uchun qisqa tutashuv toki Ikz 
ning absolyut qiymatini topish kerak. Buning uchun mutlaq spektral sezgirlikni standart 
atmosferadan tashqari uchun yoki Er sharoiti uchun nurlanish spektriga qayta hisoblash 
kerak. Quyosh elementi, batareyasi parametrini o‘lchashni laboratoriya sharitida, Er va 
koinot sharoitlarida o‘lchash usullari mavjud. 

Download 359.17 Kb.
1   2   3   4   5




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh elementining foydali ish koyeffitsiyenti tushunchasi va uni

Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish