Quyosh nurlanishi imitatorlari




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi359.17 Kb.
#47170
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu. QUYOSH ELEMENTINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
1-amaliy OKSIDLAR, ASOSLAR, KISLOTALAR VA TUZLAR, JAVA.doxc
 
Quyosh nurlanishi imitatorlari 
Ideal holatda quyosh nurlanishi imitatorlari (QNI) – bu quyosh nurlanishining 
hamma xususiyatlarini juda yaqin qaytarishi lozim bo‘lgan asbob bo‘lib, bunday 
xususiyatlarga nurlarning parallelligi,
Vaqt orasidagi stabilligi, yoritilganlikning bir tekisliligi, nurlanish oqimining 
zichligi, spektral tarkibi kiradi. Bunday asboblar juda qimmat va murakkab tuzilishga 
egadir, ulardagi optik nurlanishning va oqimning parametrlari quyoshnikidan farq 
qiladi. Ayrim hollarda QNI maxsus holda loyihalanadi va tayyorlanadi. 
Eng sodda parametrlari nisbatan stabil ishlab chiqarish sharoiti uchun moslashgan 
QNI, asosan volframli cho‘g‘lanish lampalar asosida tayyorlanadi. Ko‘zguli yoki 
nisbatan xira akslantirgichlar bilan ta’minlanib, ular quyosh batareyalari (QB)


yuzalarini hisobga olgan holda yoritilganlikni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Volframli cho‘g‘lanuvchi lampalar nurlanishining nisbatan IQ nurlanishi kuproq 
bo‘lgani uchun, o‘lchash jarayonida QE va batareyalarini isishiga olib keladi. Shuning 
uchun, ko‘pincha lampa va QE lari orasiga IQ nurlanishni qisman qirqadigan filtrlar 
quyiladi. Bu filtrlar asosan shaffof plastinaga (misol shishaga) o‘tkazilgan ITO (indiy 
va qalay oksidi aralashmasi) qatlamlaridan tayyorlangan. 
Cho‘g‘lanuvchi lampa optik nurlanishining IQ qismini kamaytirishning boshqa 
usuli bu issiqlikni yutuvchi filtrlarni ishlatishdir. Bu filtrlar qalinligi 20-40 mm li suv 
quyilgan shaffof idishlardir. Oddatda o‘lchash jarayonida bu suvli filtrni o‘zini sovutish 
uchun radiator qurilmasi yoki bevosita oquvchi suv ishlatiladi. 
Nisbatan katta o‘lchamli quyosh batareyalarining ko‘p sonli guruhlari 
parametrlarini o‘lchash uchun QNI lar impulsli ksenon lampalar asosida tayyorlanadi. 
Bu qurilmalar optik qismlarsiz ishlaydi. Bir tekis yoritilganlikka erishish uchun 
lampalar QB laridan keraklicha uzokda joylashtirilishi mumkin. Optik spektrni 
standartga spektrga yaqinlashtirish uchun interferension yoki ba’zan suvli filtrlar 
ishlatiladi. Impulsli ksenon lampalar asosidagi QNI lardan foydalanilganda ular 
isimaydi, va harorati uy haroratiga qkinligicha qoladi. 
Maxsus tajribalar va sinovlar uchun turli davlatlarda quyosh batareyalarini o‘lchash 
harorati turlichadir, misol AQSh va Evropada standart sifatida 28º S qabul qilingan. 
Har xil atmosfera massasida o‘lchash uchun QNI yasash qiyin masala. Yer 
sharoitida Quyosh nurlanishining spektral tarkibi vaqtga qarab o‘zgaradi. Misol uchun 
AM 1,5 standarti uchun spektral diapazon 0,4-1,1 mkm orasidadir. 

Download 359.17 Kb.
1   2   3   4   5




Download 359.17 Kb.
Pdf ko'rish