|
Kriptografiya tarixi
|
bet | 1/3 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,28 Mb. | | #137452 |
Bog'liq 2-topshiriq KRIPTOGRAFIYA TARIXI KRIPTOGRAFIYA TARIXI - Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davr klassik shifrlari asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga asoslangan. Ularga misol tariqasida Sezar, Polibiya kvadrati usullarini keltirish mumkin.
- O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davr shifrlari asosan ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini misol keltirish mumkin. Ushbu davr shifrlari birinchi davr shifrlariga qaraganda yuqori bardoshlikka ega bo‘lgan.
- I va II – jaxon urishi davri. Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni uzatishni (morze alifbosi) amalga oshirgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrami, Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin.
- Kompyuterlar davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega hisoblanadi. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ 28147-89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) larni keltirish mumkin.
MAVZUGA ALOQADOR TERMINLAR - Oddiy matn - asl xabar
- Shifrlangan matn - kodlangan xabar
- Shifr - oddiy matnni shifrlangan matnga o'tkazish algoritmi
- Kalit - faqat jo'natuvchi / qabul qiluvchiga ma'lum bo'lgan shifrda ishlatiladigan ma'lumotlar
- Shifrlash (encrypt) - oddiy matnni shifrlangan matnga aylantirish
- Deshifrlash (decrypt) - shifrlangan matndan oddiy matnni tiklash
- Kriptografiya - shifrlash tamoyillarini / usullarini o'rganish
- Kriptanaliz (kod buzish) - kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish tamoyillari / usullarini o'rganish
- Kriptologiya - ham kriptografiya, ham kriptanaliz sohasi
|
| |