|
Transformatorlar cho‘lg‘amlarining guruxlari va ulanish sxemalari
|
bet | 2/7 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 138,69 Kb. | | #118000 |
Bog'liq Kuch transformatorlari vazifasiTransformatorlar cho‘lg‘amlarining guruxlari va ulanish sxemalari
Transformator cho‘lg‘amlari va ularning tuzilishi. Cho‘lg‘amlar transformatorning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular elektr energiyani o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan magnit maydonni vujudga keltirishni hamda transformatorni amalda ishlatish uchun muhim bo‘lgan EYuK lar hosil qilishni ta’minlaydi. Cho‘lg‘amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o‘rash uchun to‘lanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi. Transformatorning xizmat muddati uning og‘ir sharoitlarda ishlaydigan cho‘lg‘amlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi. O‘zakda joylashishiga ko‘ra cho‘lg‘amlar konsentrik va almashinuvchi turlarga bo‘linadi. Almashinuvchi cho‘lg‘amlarda YuK va PK g‘altaklar o‘zak balandligi bo‘yicha navbatma-navbat o‘zaro almashingan bo‘ladi. Almashinuvchi cho‘lg‘amlar asosan maxsus transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida, odatda, konsentrik cho‘lg‘amlar qo‘llaniladi. Bunda o‘zak yaqiniga PK cho‘lg‘am, uning tashqarisiga esa YuK cho‘lg‘am joylashtiriladi. Konstruksiyasi va o‘rash usuliga ko‘ra konsentrik cho‘lg‘amlar silindrik, g‘altakli va vintsimon turlarga bo‘linadi. Katta quvvatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha o‘nlargacha yetishi mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK cho‘lg‘ami uchun bir necha to‘g‘riburchak kesimli simlardan parallel bajarilgan ko‘p yo‘lli vintsimon cho‘lg‘amlar qo‘llaniladi.
Vintsimon cho‘lg‘amda parallel simlar konsentrik ravishda cho‘lg‘am o‘qidan har xil uzoqlikda joylashganligi tufayli o‘zakka yaqinroq joylashgan simlarga nisbatan undan uzoqda joylashganlari uzunroq bo‘ladi. Bu farq shu simlar aktiv va induktiv qarshiliklarining tengsizligini vujudga keltiradi va ularda toklar bir tekis taqsimlanmaydi. Vintsimon cho‘lg‘amlarda parallel simlardagi tokning bir tekis taqsimlanishi uchun bir o‘ramni hosil qiluvchi simlarni ma’lum sxemada o‘rin almashtirib joylash talab qilinadi . Bunda har bitta sim bitta o‘ram chegarasida mumkin bo‘lgan hamma holatlarni navbatma-navbat egallashi lozim bo‘ladi. Quvvati SN ≤ 630 kVA va kuchlanishi UN ≤ 35 kV gacha bo‘lgan transformatorlarda PK cho‘lg‘am uchun dumaloq kesimli simdan yasalgan ko‘p qatlamli silindrik cho‘lg‘amlar qo‘llaniladi. Uzluksiz g‘altakli cho‘lg‘amda bitta g‘altakdan ikkinchisiga simni uzmasdan o‘tiladi . Bunday cho‘lg‘amning afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan bo‘ylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovitish yuzasining kattaligi kiradi. Shu afzalliklari tufayli uzluksiz cho‘lg‘am keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Transformator cho‘lg‘amlarining uchlari bak qopqog‘ida o‘rnatilgan maxsus chinni izolyatorlar ichidan o‘tgan kesim yuzasi nisbatan katta bo‘lgan o‘tkazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi. Moy bilan sovitiladigan («moyli») va havo bilan tabiiy ravishda sovitiladigan («quruq») transformatorlarning cho‘lg‘amlari A (105 S) qizishga chidamlilik sinfdagi kabel qog‘ozi tasmasi bilan izolyatsiyalangan PB markali mis va APB markali alyuminiy o‘rov simlaridan hamda mis va alyuminiy tasmasidan yoki o‘lchami cho‘lg‘am balandligiga teng bo‘lgan folgadan tayyorlanadi. Quruq transformatorlarda «V» va «F» klasslariga kiruvchi izolyatsiyali o‘rov simlarini ham keng qo‘llaydilar. Cho‘lg‘amlarning yo‘l qo‘yiladigan (me’yoriy) xarorati transformator moyining xarorati (105 S) bilan, ya’ni «A» sinfdagi izolyatsiya bilan belgilanganligi sababli, bundan katta xaroratga mo‘ljallab tayyorlangan izolyatsion material moyli transformatorlarda qo‘llanilmaydi. Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish sinflari 1101200 kV bo‘lgan so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan transformatorlarda YuK cho‘lg‘am uchun to‘qima cho‘lg‘amlar keng qo‘llanila boshlandi. To‘qima cho‘lg‘amda qo‘shni cho‘lg‘amlar orasidagi kuchlanishlar farqi uzluksiz cho‘lg‘amnikiga nisbatan n/2 marta katta. Bunda qo‘shni g‘altaklar orasidagi kuchlanish pasayadi, bu holda ekranlovchi cho‘lg‘amlar va ayrim g‘altaklarni qo‘shimcha izolyatsiya qilish talab qilinmaydi.
|
| |