Kuch transformatorlarining cho‘lg‘amlari asosan yulduz–yulduz (Y/Y), uchburchak–uchburchak (/), yulduz–uchburchak (Y/) va jimjimali–yulduz (Z/Y) sxemalarida ulanadi




Download 138,69 Kb.
bet3/7
Sana13.12.2023
Hajmi138,69 Kb.
#118000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kuch transformatorlari vazifasi

Kuch transformatorlarining cho‘lg‘amlari asosan yulduz–yulduz (Y/Y), uchburchak–uchburchak (/), yulduz–uchburchak (Y/) va jimjimali–yulduz (Z/Y) sxemalarida ulanadi. Cho‘lg‘amlarning ulanish sxemalari transformatorning ish sharoitiga, iste’molchining turiga va xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. Transformatorlarni ximoyalash sxemalarini ishlashi uchun cho‘lg‘amlar nol nuqtali sxemada ham ulanishi mumkin. Davlat standarti bo‘yicha uch fazali kuch trnasformatorlarining fazalarini ketma–ketligi ulanish sxemasi bo‘yicha chapdan o‘ng tomonga o‘qiladi. Uch fazali transformatorlarning yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amlarning boshi A V S, va oxiri X Y Z, past kuchlanishli cho‘lg‘amda a, v, s va x, y, z bilan belgilanadi. Transformatorlar cho‘lg‘amlarining ulanish usullari maxsus xujjatlarda keltirilayotganda avval yuqori kuchlanishli cho‘lg‘ami keyin quyi kuchlanishli cho‘lg‘amning ulanish sxemasi yozilib ular orasiga qiya chiziq chiziladi. Agar biror cho‘lg‘amning undan chiqarilgan neytral simi mavjud bo‘lsa, u holda mazkur cho‘lg‘amning belgisiga «0» qo‘shimcha belgi indeks ko‘rinishida qo‘yiladi. Shu tariqa Y0/ belgisi quyidagicha o‘qiladi: yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami yulduzcha ulangan va neytral sim chiqarilgan, quyi kuchlanish cho‘lg‘ami uchburchak sxema bo‘yicha ulangan. Cho‘lg‘amlarni Z/Y, Z/ va Z/Z sxemada ulash usullari bizning davlatimizdagi kuch transformatorlarda keng qo‘llanilmaydi. Avtomatik boshqarish tizimlarining va ba’zi kichik nostandart avtonom elektr tizimlarining transformatorlarini hisobga olgan holda cho‘lg‘amlarni ulashda asosan amalda quyidagi ulash usullari ko‘proq uchrashi mumkin: Y/Y0 yoki Y/Y; Y/; Y/Z yoki Y/Z0 ; /Y; / yoki /Z0. Yuqorida keltirilgan sxemalar bo‘yicha ulangan transformatorlarning ikkita cho‘lg‘amidan birining boshi va oxiri ikkinchisiga nisbatan almashtirilsa, masalan, ikkinchisiga nisbatan birinchi cho‘lg‘am teskari o‘ralgan bo‘lsa, u holda uch fazali transformator cho‘lg‘amlarini o‘n ikki xil ulanish turlarini ko‘rish mumkin. Ba’zi chet el korxonalarining ishlab chiqargan elektrotexnik maxsulotlari tarkibidagi mavjud transformatorlarda ulash turlarining hammasini uchratish mumkin.

Download 138,69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 138,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuch transformatorlarining cho‘lg‘amlari asosan yulduz–yulduz (Y/Y), uchburchak–uchburchak (/), yulduz–uchburchak (Y/) va jimjimali–yulduz (Z/Y) sxemalarida ulanadi

Download 138,69 Kb.