• Kirish, Asosiy qism, Umumiy qism, Hisobiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
  • Kurs ishi 25-msmsm-21 guruh talabasi Qudratov Javohir topshiriq




    Download 6,9 Mb.
    bet1/7
    Sana16.12.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #120910
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kkk


    <>
    Metrologiya va standartlashtirish
    Kafedrasi mudiri
    ___________dots A.Bobamatov
    “___”____________2023-yil
    KURS ISHI
    25-MSMSM-21 guruh talabasi Qudratov Javohir
    TOPSHIRIQ
    Kurs ishi mavzusi “ Dori-darmon sohasida metrologik nazoratning qonuniy asoslari “
    Boshlang’ich ma’lumotlar ___ kurs ishini bajarishga oid “ Nizom “ o`quv adabiyotlar va uslubiy ko`rsatmalar_________________________________

    Qo`llanmalar:


    Ismatullaev P.R. va boshq. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik, O`zbekiston, Toshkent,2001
    Maxkamov S.M., Maxmudjonova K.S. Tayyor dori turlari texnologiyasi.
    Toshkent. 2010 B. 367 (darslik)
    Меншутина Н.В., Мишина Ю.В., Алвес С.В. Инновационные технологии
    и оборудование фармацевтического производства. - Т.1. - М .: Издательство
    БИНОМ. 2012 - 328 с.
    Hisoblash – tushuntirish yozuvi qismining tuzilishi ___ Kirish, Asosiy qism, Umumiy qism, Hisobiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

    Kurs ishini bajarish rejasi


    Rahbar: Melibayev. M

    Talaba: Qudratov. J


    NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

    Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi


    60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo`nalishi talabalarning “Metrologiya asoslari” fanidan kurs ishini himoyasi bo`yicha


    ________________sonli majlis bayoni


    “___”___________2023-yil Namangan sh.


    Talabaning ismi familyasi: _________________________________


    Guruhi: ________________


    Kurs loyiha ishini himoya qilgan kuni: “___”__________2023-yil
    Kurs loyiha ishining mavzusi: __________________________________________
    __________________________________________________________________
    Himoya yuzasidan beriladigan savollar:

    1. _____________________________________________________________

    2. _____________________________________________________________

    3. _____________________________________________________________

    4. _____________________________________________________________

    5. _____________________________________________________________

    Himoya hayatining xulosasi:
    Bajarilgan ishlar tushuntiruv yozuv va chizma qismlariga (40 ballgacha)
    Himoyadagi ma’ruzasi uchun “____” ball
    Savollarga javoblar uchun (30 ballgacha) “____” ball
    Umumiy (100 ballgacha) “____” ball
    Himoya hay’atining a’zolari:
    Bobamatov. A
    Mahmudov. A
    Melibayev. M
    KIRISH
    Mamlakatimizda qabul qilingan modemizatsiyalash dasturlarining asosiy va umumiy yo‘nalishlari sifatida eskirgan uskuna va dastgohlami tugatish, mahsulot assortimentini kengaytirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalami jalb etish, mahalliy xom-ashyo va imkoniyatlarimizga asoslangan innovatsion, chiqindisiz va ekologik toza texnologiyalami jalb etish, mahsulot sifatini va sertifikatsiyani boshqarish tizimini ishlab chiqish, ishlab chiqarish xarajatlari va xom ashyo sarfini kamaytirish kabilami ko‘rsatish mumkin. Sanoat tarmoqlarida ldchik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilish kerakligi ta’kidlandi.

    Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda va iqtisodiyotni yuksaltirishda barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishni rivojlantirish har bir soha mutaxassislarining oldiga qo‘yilgan vazifalari alohida ahamiyatga egadir. Iqtisodiy islohatlaming yangi bosqichidatarkibiy tuzilish strategiyasini ishlab chiqarishda ixtiyorimizdagi g‘oyat boy tabiiy xom-ashyo, mehnat resurslariga mustahkam tayanib, ulardan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirib eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga kirib boorish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tayyor mahsulotlaming eksport salohiyatini oshirib borish natijasida uning ishlab chiqarish darajasining yaxshilanishiga olib keladi. Mahsulot sifatidan davlatning texnik takomillashgani va rivojlanganligiga baho bersa bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda iqtisodni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va texnik shartlaming me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib boorish lozimdir.


    Mahsulot sifat darajasini yaxshilashda standartlarning ilmiy- texnik darajasini oshirish, standartlar va texnik shartlami muntazam yangilab borish, mahsulot sifati va yuqori texnik darajasini kafolatlash lozim. Undan tashqari, bozor iqtisodiyotida boshqarishning yangi shartlari mahsulot sifatiga yangi talablar qo‘ymoqda. Bu yanada muhimroq bo‘lib, aholining doimo o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak, hamda har bir sanoat korxonalari ishlab chiqanshdagi yangilanishning aniq yo‘liga ega bo'lishi lozim.
    Mahsulot sifatini jahon standartlari darajasiga ko'tarish, mahsulotni dunyo bozorlariga chiqarishni ta’minlaydi. Istalgan mahsulot sifatini, ya’ni shu qatori to‘qimachilik Materiallarini baholash uchim materiallaraing ratsional qayta ishlanishi va qoilanilish imkoniyatlarini aniqlashda muhim xossalariga me’yoriy talablami asoslashdir. Bozor munosabatlari sharoitida yuqori sifatli mahsulotni yaratish, ta’minlash va rejalashtirish zamonaviy baholash uslublari va sifat ko‘rsatkichlarining standartlari bo‘yicha bilimni talab etadi. Bu ning asosiy maqsadi, kerakli ma’lumotlami berish va amaliyotda uslublaming qoilanilishini ko‘rsatishdir. Ushbu «Metrologiya va standartlashtirish» fanidan darslikni
    tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo'lgan davlat standartlaridan foydalanildi. Undan tashqari, bu darslik oliy o‘quv yurtlari bakalavriatura ta’lim yo'nalishi talabalari, hamda shu soha bo'yicha barcha mutaxassislar uchun moijallangandir. Metrologiya va standartlashtirish kursi o‘zaro almashuvchan- ligining zaruriy shartlaridan biri va muhim sifat ko‘rsatkichlari ishonchlik va uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi geometric parametrlarini aniqligini ta’minlash masalalarini o‘rgatadi. Joizlik va o‘tkazishlaming yagona tizimini, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishda aniq me’yorlami ko'rsatishni, turli
    birikmalar uchun standart o‘tkazishlarni hisoblashni va tanlashni, chizma va texnologik xaritalarda uchrashi mumkin bo‘lgan shartli belgilami bilish kerak. Metrologiyaning asoschisi D.LMendeleyev o'lchovlarning roli to‘g‘risida shunday degan edi: «Fan o‘lchov boshlangan paytdan boshlab boshlanadi». Angliyadagi metrologiya asoschisi Tomson shunday deb yozgan edi: «Наг qanday buyum faqat uni o‘lchab bo‘ladigan darajadagina ma’lum bo‘ladi». Mashhur rus olimi metrologiya to‘g‘risida yana shunday bir fikmi bildirgan: « O‘lchash san’ati tabiat qonunlarining qa’riga kirib borish va uni insonning hukmronligiga bo‘ysundirish uchun odamzotning tomonidan yaratilgan qudratli qurol hisoblanadi».

    «Metrologiya» so`zi grekcha metros-kenglik va logos o`qish ma`nosini bildirib, kenglik haqida o`qish, aniqroq ma`noda esa o`lchovlar haqidagi fan demakdir. Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo`llanilgan o`lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o`lchov birliklariga muvofiqligini yoritish, ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Tarixiy metrologiya ijtimoiy-iqtisodiy, xo`jalik, huquq, madaniy tarixni o`rganishda zarurdir. O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish holatlari bilan bog`liqdir.


    1.1 Metrologiya fanining paydo bulishi va rivojlanishi to‘g‘risida kiskacha tarixiy malumotlar XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg’or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo’lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo’llardan o’tganligini ko’z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to’la ma’noda zamonaviy axborotli o’lchash texnikalariga ham tegishlidir. O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O’lchashlarga bo’lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o’lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o’zining sezgisi va tajribasi asosida o’lchay boshlagan. Eng qadimgi o’lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o’lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. Asrlar o’ta bizga etib kelgan ba’zi o’lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no’xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o’lchov birligi sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og’irlik birligi qilib qo’llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug’doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar. Ba’zi bir tabiiy o’lchovlar ham uzoq o’tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma erda ishlatiladigan vaqt o’lchovlaridir. Munajjimlarning ko’p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik erning o’z o’qi atrofida to’la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo’lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o’lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig’iga teng bo’lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo’lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo’lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o’zgarib, biz o’rganib qolgan minutga 7 aylandi. Vaqtlar o’tishi bilan suv soatlari o’z o’rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo’shatib berdilar. Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o’lchashlar va o’lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar. Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o’lchamlarini muayyan o’lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o’lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o’lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O’lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin: - ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o’lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); - ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan o’lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug’ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); - zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o’lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog’lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi o’lchash tizimlarini yaratish bo’lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir. Amaliyot juda keng ko’lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, ko’pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik o’lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to’g’ri ilg’ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo’lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo’lib, ularning 70 dan ortig’ini o’lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o’lchab bo’lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o’lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o’lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi 8 so’zlarini eslab o’tish o’rinli bo’ladi: - “O’lchash mumkin bo’lganini o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkon yarating”. Kondensatorning elektr sig’imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar - o’lchash o’zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o’lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro’zg’or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada, avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg’araz va tengsiz yordamchilarimizdir. Ishonch bilan aytish mumkinki, o’lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada ko’plab olimlar o’lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qo’shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug’bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleev va boshqalarni alohida ko’rsatib o’tish o’rinli bo’ladi. Ahmad Farg’oniyning “Miqyosi Nil”, ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida o’lchash va uning natijasiga ko’ra yilning yog’ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlari, Ulug’bekning “Zij jadvallari” da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy o’lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Farobiyning astronomik kuzatishlar va o’lchashlar uchun maxsus asbob - usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir. O’lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo’nalishlar bilan birgalikda informasion- o’lchash, ya’ni o’zida asosiy informasiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o’lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo’ldi. Qo’yilgan muammolarning, ularni echish usullari va olingan natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informasiya olish mobaynida asosiy o’lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko’zda tutiladi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin. - 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Er meridiani uzunligining 1x10-7 bo’lagiga teng qilib olinganligi); - 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo’lib, metr o’lchov birligiga asos soladi); 9 - 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o’lchov va og’irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; - 1931 yilda Leningrad shaxrida o’lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi; - 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim bo’yicha 1 metr vakumda to’lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri); - 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug’likning vakumda 1/299792458 sekunda o’tgan yo’liga teng qilib qabul qilinishi; - 1993 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikasiya markazi (O’zdavstandart) tashkil etildi; - 2002 yilda O’zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikasiya markazi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O’zstandart”) agentligiga aylantirildi. Bugungi kunda ham olimlarimiz o’lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Metrologiyaning asosiy maksadlari va vazifalari Metrologiya asoslari fanini o’rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo’jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlabchiqarish, savdo, nazorat va iste’mol hamda mahsulot sifati, sifatni boshqarish tizimini joriy etishga bog’liq bo’lgan turli metrologik masalalar bilan shug’ullanish borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo’yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, metrologik ta’minot, metrologik xizmat bo’yicha fundamental ma’lumotlar o’rganiladi. Metrologik ta'minotning o'z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlari: - mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish; - detallar va agregatlarning o’zaro almashuvchanligini ta’minlash; - moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash; - atrof-muhitni himoya qilish; - salomatlikni saqlash va hokazolar. 10 Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o’z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
    Ba`zi manbalarda XIX asr oxiridan kitob va traktlarda metrologiya termini uchrashi qayd etiladi. Vaholanki o`lchovshunoslik poydevoriga ajdodlarimiz juda qadimdan asos qo`yib kelishgan.
    O`lchov va o`lchov birliklari to`g`risidagi bir qator ma`lumotlar buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida keltirilgan bo`lsa, ulug` olim Ahmad Farg`oniy esa dunyoda birinchi bo`lib (861 yili) suv sathini o`lchaydigan asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo`llagan.
    Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda yozilgan «Qutadg`u bilig» asarida o`lchov va o`lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o`lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga chaqirilgan.
    Boy madaniy merosga ega bo`lgan, jahon fani xazinasiga bebaho hissa qo`shgan o`zbek хalqi qadimdan o`lchovshunoslik sohasiga va uning rivojlanishiga katta ahamiyat berib kelgan. O`lchovshunoslik bilan shug`ullanuvchi kasb egalari bo`lgan.
    Mamlakatimiz kutubxonalari, arxiv va muzeylarida o`rganilmagan, 20 mingdan ortiq tarixiy yozma manbalar mavjud bo`lib, albatta ularni varaqlasangiz uzoq o`tmishda qo`llanilgan o`lchov birliklariga duch kelasiz.
    Qo`llanmaga kiritilgan qadimgi o`lchov birliklari tarixiga oid ma`lumotlar O`rta Osiyo va mamlakatimiz xalqlari tarixini o`rganishda muhim manba bo`lib xizmat qiladi.




    Download 6,9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 6,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi 25-msmsm-21 guruh talabasi Qudratov Javohir topshiriq

    Download 6,9 Mb.