O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Dori-darmon ta’minoti: imtiyoz va imkoniyatlar
Milliy matbuot markazida xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash, dorixonalarda chegaralangan narxlarga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Pharmclub.uz loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, "O‘zfarmsanoat" aksiyadorlik konserni, "Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasi, turli tashkilot va korxonalar vakillari, ishlab chiqaruvchilar va dorixona xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov va boshqalar mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrdagi "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida aholi va davolash-profilaktika muassasalarini yuqori samaradorlikka ega, arzon va sifatli dori-darmon hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Ushbu qaror asosida chetdan olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish bo‘yicha cheklangan savdo ustamalari joriy etildi.
Tibbiyotda keng qo‘llaniladigan ijtimoiy ahamiyatga ega 343 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar belgilandi. Ulardan 116 tasi mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi, 227 tasi chetdan olib kelinadi.
Aholining bu chora-tadbirlardan xabardorligini oshirish maqsadida barcha dorixonalarda "Iste’molchilar burchagi" joriy etildi. Unda dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori-darmon hamda tibbiyot buyumlari minimal ro‘yxati, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati, dori-darmon va tibbiyot vositalarining cheklangan narxlari ro‘yxati, 2016 va 2017-yillar uchun narxlarning qiyosiy jadvali ilib qo‘yildi.
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyihalar ham kengaytirilmoqda. 2016-2020-yillarda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga oid dastur doirasida 67 investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu chora-tadbirlar mahalliy farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning turi va hajmini oshirish, dori ta’minotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar va sohada faoliyat yuritayotgan ulgurji va chakana korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarni sohadagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning ishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarning yechimini topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Farmatsevtlarning Pharmclub.uz loyihasi ana shu maqsadda tashkil etildi.
Davra suhbatida mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori-darmon ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dorixona xodimlarining savollariga mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari batafsil javob qaytardi, ularni qiynayotgan muammolar yechimi yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg’un va arzon
dori-darmon bilan ta'minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan
hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon,
aholi extiyojining 10% qondira oladi xolos. Bundan ko’rinadiki, aholi uchun zarur
bo’lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga
keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda, shuningdek
undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda.
Aholini dori-darmon bilan ta'minlashda tayyor dori vositalari (tabiiy dori vositalari) ning o’rni bеqiyosdir. Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tayyor dori vositalari umumiy 2021-yilda O’zbekiston Respublikasida xorijiy davlatlardan 52% dori vositalari, xamdo’stlik mamlakatlaridan 18% dori vositalari, mahalliy dori vositalarining 30% davlat ro’yxatidan o’tgan. O‘zbekistonda bugungi kunda farmatsevtika mahsulotlarini ya’ni dori vositalari va tibbiy buyumlar, texnikalar ishlab chiqaruvchi 191 ta mahalliy korxonalar ishlamoqda. Ularning 95 tasi har xil dori vositalarini ishlab chiqarilmoqda, 23 tasi tibbiy texnika, 62 tasi tibbiy buyumlar, 11 tasi ham dori vositalari, ham tibbiy buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda, dori vositalari ishlab chiqaruvchi 95 ta mahalliy farmatsevtik korxonalardan 10 tasida “Zaruriy ishlab chiqarish amaliyoti” — GMP (good manufacturing practice) talablari joriy etilgan.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning dori vositalarini ishlab chiqarish shakllari
bo‘yicha umumiy bozordagi ulushi 45 % tashkil qilmoqda (damlamalar 100 %,
ampulalar 85 %, eritmalar 80 %, suyuq dori vositalari 60 %, konsentratlar 51 %,
shamchalar 41 %, siroplar 40 %, malhamlar 38 %, kapsulalar 33 %, suspenziyalar 29 %, tabletkalar 24 %, tomchi dorilar 23 %, kukun dorilar 20 %, gellar 4 %).
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma maxalliy ishlab chiqarishda tabiiy dori vositalarining ishlab chiqarilish ko’lamini kengayishida, talabalarga asosiy qo’llanma bo’la oladi. Sababi ushbu qo’llanmada korxona sharoitida ishlab chiqariladigan qattiq (kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar, drajelar), yumshoq (surtmalar, kremlar, linimentlar, pastalar, gellar) va suyuq dori shakllari (farmatsevtik eritmalar, in'eksion va infusion eritmalar, nastoykalar, suyuq, quyuq, quruq, moyli ekstraktlar) alohida-alohida, ularni ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni o’z ichida mujassam etgan xolda yozildi. Talabalar bevosita bu dori turlarini laboratoriya sharoitida o’z qo’llari bilan tayyorlab, sifatiga baxo beradilar. Talabalarga mavzular hozirgi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tushunarli qilib yoritilgan bo’lib, ular tegishli mavzularni o’zlashtirishda talabalarda korxona sharoitida ishlab chiqariladigan tabiiy dori vositalarining tayyorlanish texnologiyasi uchun zarur bo’lgan asosiy va yordamchi moddalar, shuningdek asbob-uskunalar va yordamchi materiallar to’g’risida umumiy va to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.
Shuningdek, talabalar mustaqil ta'lim bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmadan ham to’laqonli foydalanishlari mumkin. Sababi har bir tayyorlangan tayyor dori vositasining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha ma'lumotlar ham ushbu qo’llanmada o’z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari,
tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartlashtirishdavlat markazi;
O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti;
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti;
“Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti;
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri.
Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va
sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi
bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni
o‘zlashtirishda ko‘maklashish;
farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan
tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori
vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan
davlat tomonidan boshqarish;
farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq
etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni taʼminlovchi
Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot
tizimini joriy qilishda ishtirok etish;
innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish, farmatsevtika sohasi mutaxassislarini xalqaro taʼlim
standartlari asosida va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni,
farmatsevtika taʼlimining xalqaro ilmiy hamjamiyat tizimiga izchil integratsiyalashuvini taʼminlash va respublikada farmatsevtika tarmog‘ini yana-da
rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri Direksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy
texnika (keyingi o‘rinlarda – farmatsevtika mahsulotlari) bilan ta’minlash tizimini
takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
2017 yil 3 maydagi farmonga muvofiq, Nukus, Zomin, Kosonsoy, Sirdaryo,
Boysun, Bo‘stonliq va Parkentda farmatsevtikaga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgan edi.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soluvchi
qonunchilik bazasi shakllantirildi, ma’muriy funksiyalarni nomarkazlashtirish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy kengashlar) vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini boshqarish mexanizmi soddalashtirildi.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish
amaliyotini o‘rganish ularning samarali faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Xususan, ma’muriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari
faoliyatining yetarlicha samarali emasligi, shuningdek, transport va muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uchun jozibadorligini pasaytirmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi
organlari funksiyalarining takrorlanishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilishning kechikishiga olib kelmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini
yanada soddalashtirish, investitsiyalar jalb qilish uchun sharoitlarni yaxshilash,
investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishni ta’minlash, shu asosda yangi ish
o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida bir necha
vazifalarni amalga oshirish yo'lga qo'yildi. Dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni
qayta ishlash, investitsiyalar jalb etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish
uchun keng sharoitlar yaratildi.Bularning natijasida so‘nggi besh yilda 71 ta yangi
korxona tashkil etilib, 2 ming 500 dan ortiq turdagi dori vositalari, 241 turdagi tibbiy buyumlar va 78 turdagi tibbiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi. Lekin bu natijalar hali yetarli emas. Bugungi kunda mahalliy korxonalar ichki bozor talabini natural hajmda 55 foizga ta’minlanmoqda, xolos.
Markaziy Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik
muvozanatning buzila boshlashi, qolaversa Orol fojeasi, qishloq xo‘jaligining turli
sohalarida, uzoq yillar davomida zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko‘payishiga olib keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo‘qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning
soni ko‘payib, dori darmonga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. Respublikada dori ta’minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir yo‘li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyoxlarga boy mintaqa hisoblanadi. Bu giyoxlar zaxirasini asrab avaylagan xolda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy masalalardan hisoblanadi. SHulardan kelib chiqqan xolda maxalliy dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstraktlar va sun’iy usulda olingan biofaol moddalardan tabletka dori turini yaratish, tayyor maxsulotning miqdoriy taxlil usulini ishlab chiqish, ularni biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash farmatsevtik texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Respublika rahbariyati va xukumati tomonidan, aholining dori ta’minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy
texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta’minlash bilan davlat salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shish muhim vazifalardan biridir.
Taxlil natijalari bo‘yicha maxalliy dori vositalari umumiy strukturasida 32 ta
original dori vositalari (birinchi marotaba yaratilgan), 523 turdagi generik dori
vositalari, hamda 20 ta substansiya va 38 ta davolash va diagnostik vositalar ishlab
chiqarishga ruxsat etilgan.
Maxalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining 475 ta
nomdagisining to‘liq texnologiyasi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 80 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish chet el firmalari tomonidan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotni qo‘llashga asoslangandir.
Mustaqillikni dastlabki yillarida maxalliy korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari aholini dori vositalariga bo‘lgan talabini 1%
dan ham kamroq miqdorda qondirgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 12% dan ortiqni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 9-son Davlat
Reestriga binoan mahalliy korxonalar tomonidan 638 nomdagi mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan dori turlari tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilib, qayd etilganligini ko‘rish mumkin, shulardan 174 tasi tabletka dori turlaridan iboratdir. Ular tahlil qilib chiqiladigan bo‘lsa 18 tasi – 10,35 % mahalliy tashkilot va muassasalar tomonidan yaratilgan original dori vositalardan, 156 tasi - 89,65 % esa generik dori vositalardan iboratligi ko‘zga tashlanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan dori vositalarining deyarli xech biri to‘liq mahalliy xom ashyolar asosida ishlab chiqarilmasligini ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati
to’g’risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2016-yil 4-
yanvardagi O‘RQ-399-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo‘llanilmoqda: dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik
preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari
(substansiyalar) kiradi; (2-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17- sentabrdagi O‘RQ-222-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 38-son, 416- modda)
|