|
-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
|
bet | 3/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 6,9 Mb. | | #120910 |
Bog'liq kkk15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
(15-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchovlarning, sinovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
(15-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Davlat metrologiya nazorati:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
(15-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda “O‘zstandart” agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
“DORI-DARMON” DAVLAT-AKSIYADORLIK UYUSHMASINI “DORI-DARMON” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq hamda dori-darmonlarni va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotish tizimida boshqaruvni yanada takomillashtirish, respublika aholisini va davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining taklifiga, “Dori-darmon” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari hamda “O‘zbekiston Dori-Ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati muassislari umumiy yig‘ilishlarining qarorlariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;
marketing tadqiqotlari o‘tkazish hamda hayotiy muhim bo‘lgan asosiy dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan narkotik va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni shakllantirish hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining ularga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha davlat rezervining dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari to‘g‘risidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
dori-darmonlar va farmatsevtika preparatlari bilan ta’minlashni tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
3. Quyidagilar:
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 13 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining boshlang‘ich ustav fondi kompaniyaning o‘z mablag‘lari, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlar mol-mulki, shuningdek 3-ilovaga muvofiq beriladigan aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari hisobiga shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, davlat ixtiyorida aksiyalarning 36,1 foiz miqdoridagi paketi saqlanib qoladi, qolgan 7,01 foiz miqdoridagi davlat ulushi belgilangan tartibda birja bozorida sotiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda kompaniya ustav fondini shakllantirishni, aksiyalar chiqarishni va kompaniyaga birlashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalariga konvertatsiya qilishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari chiqarilishining emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
6. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
7. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi o‘z faoliyatida respublika Hukumati tomonidan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish qoidalariga qat’iy amal qilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
|
| |