Kurs ishining ob’ekti: Chizmachilik o’qitishning zamonaviy texnologiyasi fanlaridan nazariy va amaliy mashg`ulotlar o’tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish. Badiiy asarlarni estetik-g`oyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, adabiy jarayonni kuzatib borish. Malakaviy amaliyotni o’tish chog`ida yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Mustaqillik davridan to hozirgi davrgacha bo’lgan chizmachilik faniga oid ta’limning ijodiy metodlaridan foydalanish mavzuga tegishli ilmiy maqolalar, ilmiy jurnallar va adabiyotlar hisoblanadi.
Kurs ishing maqsadi: Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish mavzusini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi vazifalari: Chizmachilik darslarida burchaklar chizish va ularni teng bo’lishni o’rgatish. Burchaklar chizishdagi qo’yiladigan talablar. Chizmachilik darsida burchaklarni teng bo’laklarga bo’lish va o’lchamlardan foydalanish. Burchaklar bilan ishlash va ularga qo’yiladigan talablar. Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish mavzusiga dars ishlanma tuzish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 ta reja xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I. BOB. Chizmachilik darslarida burchaklar chizish va ularni teng bo’lishni o’rgatish
1.1. Burchaklar chizishdagi qo’yiladigan talablar.
Texnik detallar, moslamalar va boshqa asboblarda turli burchaklar uchraydi. Ularni chizmada tasvirlashda ma’lum qoida va yasashlardan foydalaniladi. Burchaklar yasash. Chizmachilikda har xil buyumlarning chizmalarini chizishda, ularda uchraydigan turli ko‘rinishdagi burchaklarni yasashga to‘g‘ri keladi. Har qanday burchakni transportir va sirkul yoki uchburchakliklar yordamida yasash mumkin (7.1-chizma).
Burchaklarni sirkul yordamida bo‘lish. To‘g‘ri burchak ABC ni teng ikkiga bo‘lishda B nuqtadan ixtiyoriy kattalikdagi radius R bilan yoy chiziladi va uning burchak tomonlari bilan kesishtiriladi (7.2-chizma, a). 1- va 2- nuqtalardan o‘zaro kesishadigan bir xildagi yoylar chizilsa, ular kesishib E nuqtani hosil qiladi. E nuqta B bilan tutashtirilsa, burchak teng ikkiga bo‘linadi (7.2-chizma, b). BE chiziq burchakni teng ikkiga bo‘luvchi bissektrisa chizig‘i deyiladi. Ixtiyoriy o‘tkir burchakni teng ikkiga bo‘lish 7.3-chizmada ko‘rsatilgan.
To‘g‘ri burchakni teng uchga bo‘lish uchun B nuqtadan ixtiyoriy kattalikdagi yordamchi aylana yoyi sirkulda chiziladi. Shu yoyning kattaligini o‘zgartirmasdan 1- va 2-nuqtalardan sirkulda yana yoylar chizilsa, 3- va 4- nuqtalar hosil bo‘ladi. 3- va 4-nuqtalar B bilan tutashtiriladi, shunda to‘g‘ri burchak teng uchga bo‘linadi (7.4-chizma). To‘g‘ri burchakni teng to‘rt bo‘lakka bo‘lish uchun, avval bu burchak teng ikkiga bo‘lib olinadi.
Chizma, b), so‘ngra har qaysi bo‘lakni yana ikkiga bo‘lib chiqiladi. Shunda to‘g‘ri burchak teng to‘rtga bo‘linadi (7.5-chizma). Qiyalik va konuslik. Hayotda va mashina detallarida qiyalik va konusliklar ko‘plab uchraydi. Masalan, imoratlarning tomlari, temiryo‘l relslaridagi qiyalik, chelak, gaz jo‘mragida tiqin, faskalarda konuslik qo‘llaniladi (7.6- chizma). Qiyalik. To‘g‘ri burchakli uchburchakning giðotenuzasi bilan gorizontal kateti orasida hosil bo‘lgan o‘tkir burchak qiyalik deyiladi. Chizmalarda qiyalik ikki sonning bir-biriga nisbati ko‘rinishida yoziladi. Qiyalikni aniqlovchi sonlar oldiga „Qiyalik“ so‘zi yoki „F“ shartli belgi qo‘yiladi. Qiyalik burchagi α to‘g‘ri burchakli uchburchak katetlari BC va AB ning nisbatiga teng (7.7-chizma), ya’ni BC/AB yoki α = H/A
Misol. 1:5 nisbatdagi qiyalik yasalsin. Buning uchun katetlarining nisbatlari 1:5 bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchak yasaladi. Bu yerda vertikal kateti bir bo‘lakka, ya’ni 10 mm ga, gorizontal kateti besh bo‘lakka, ya’ni 50 mm qilib olinadi (7.7-chizma, b). 7.7-chizma, d da 10% (foizli) qiyalikka misol keltirilgan. Konuslik. Gaz jo‘mragi tiqinining konusliligi ikkala asos diametrlari ayirmasining ular orasidagi masofaga bo‘lgan nisbatiga teng, ya’ni − = = D d h k 2i (7.8-chizma). Bu yerda qiyalik konuslikning yarmiga teng bo‘ladi. Chizmalarda konuslik qiymatini belgilovchi sonlar oldiga „Konuslik“ so‘zi belgisi qo‘yiladi. Konuslik belgisining o‘tkir burchagi (uchi) konus uchi tomonga qaratib chiziladi. Diametri D va uzunligi l bilan belgilangan konusning konusliligi k tenglama bo‘yicha aniqlanadi (7.9-chizma, a). Kesik konusning konusliligi D d h k bilan aniqlanadi (7.9-chizma, b). Misol. Chizmada ko‘rsatilgan detal konussimon qismining konusliligini aniqlang. Buning uchun D d h k 20 12 – 8 40 40 yoki 20% bo‘ladi (7.10- chizma).
Aylanalarni o‘zaro teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchaklar yasash. Har qanday aylana diametri uni teng ikkiga bo‘ladi (8.1-chizma, a). O‘zaro perpendikular ikkita aylana diametri uni teng to‘rt qismga bo‘ladi (8.1-chizma, b). Har qaysi qismni ikkiga bo‘lish orqali aylanani teng sakkiz bo‘lakka bo‘lish mumkin (8.1-chizma, d). Aylanani bo‘lishda hosil bo‘lgan nuqtalar o‘zaro ketma-ket tutashtirilsa, muntazam ko‘pburchaklar hosil bo‘ladi (8.1-chizma, e, f).
Aylanani teng uch bo‘lakka bo‘lish. Aylanani sirkul yordamida o‘zaro teng uch, olti, o‘n ikki qismlarga bo‘lishda to‘g‘ri burchakni teng uch bo‘lakka bo‘lishdagi usuldan foydalaniladi. Aylanani teng uch bo‘lakka bo‘lishda uning markazi orqali vertikal markaz chizig‘i o‘tkaziladi. Bu chiziqning aylana bilan kesishayotgan A nuqtasi orqali sirkulda aylana radiusiga teng R yoy bilan aylana ikki nuqtada kesishtiriladi (8.2-chizma, a). Shunda aylana teng uch bo‘lakka bo‘linadi.
Vertikal markaz chizig‘idagi 1- va aniqlangan 2-, 3- nuqtalar o‘zaro tutashtirilsa, muntazam uchburchak yasaladi (8.2-chizma, b). Aylanani teng olti bo‘lakka bo‘lish. Aylanani teng uchga bo‘lishning davomi hisoblanadi. Eng oldin aylana teng uchga bo‘lib olinadi (8.2-chizma, a). So‘ngra radiusni o‘zgartirmasdan 1- nuqtadan yoy chiziladi. Shunda aylana teng olti bo‘lakka bo‘linadi (8.3-chizma, a). Topilgan barcha nuqtalar ketma-ket o‘zaro tutashtirilsa, muntazam oltiburchak hosil b o‘ladi (8.3- chizma, b).
|