|
Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish mavzusiga dars ishlanma tuzish
|
bet | 8/9 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #238457 |
Bog'liq abduraxmonovaZebo0212.2. Burchaklar chizish va ularni teng bo’laklarga bo’lish mavzusiga dars ishlanma tuzish.
Chizmadagi buyum yoki qismlarining katta kichikligi asosan chizmadagi o‘lchamga qarab olinishini hisobga olsak, detallarga o‘lcham qo‘yish juda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun quyida berilgan qoidalarni chuqurroq o‘rganish talab qilinadi.O‘lchamni ko‘rsatish uchun ikki tomoni strelkali yoki bir tomoni strelkali o‘lcham chiziqlaridan va ayrim hollarda og‘ma kesmali o‘lcham chiziqlaridan foydalanamiz. Bu chiziq chizma tomoniga parallel chizilib unga o‘lcham raqami yoziladi va o‘lcham birligi ko‘rsatilmaydi. Burchak o‘lchamlarida raqamdan keyin gradius belgisi qo‘yiladi. Chiqarish chiziqlari chizma tomoniga perpendikulyar bo‘ladi. O‘lcham raqamlarini chiqarish chiziqlariga, chizma tomonlariga, o‘q chiziqlarga qo‘yish taqiqlanadi.
Har qanday chizmani chizishda o‘zaro parallel va perpendikular chiziqlarni chizishga to‘g‘ri keladi. Bitta chiziqda markazlari bir-biridan o‘zaro teng masofada joylashgan bir nechta teshiklari bor detallar ham uchraydi. Gorizontal chiziqlar o‘tkazish. Gorizontal to‘g‘ri chiziqlar hamma vaqt gorizont (ufq) chizig‘iga parallel olinadi. Shuning uchun ham gorizontal chiziq chizmada chizma qog‘ozining yotiq tomoniga parallel o‘tkaziladi. Gorizontal chiziqlar chapdan o‘ngga qarab chiziladi. O‘zaro parallel gorizontal chiziqlar chizishning eng qulay usuli ikkita uchburchaklik yoki chizg‘ich va uchburchaklik yordamida chizishdir (6.1-chizma). Ikkita uchburchaklik yordamida parallel chiziqlar chizilganda ularning bittasi yo‘naltiruvchi qilib olinadi, u qo‘zg‘alib ketmasligi uchun uni chap qo‘l bilan bosib turiladi. Ikkinchisi yo‘naltiruvchi uchburchaklik qirrasiga surib chiziladi.
Vertikal chiziqlar chizish. Vertikal chiziqlar gorizont ufq chizig‘iga perpendikular o‘tkaziladi. Yerda tik turgan narsalar, odatda, vertikal turgan narsalar deyiladi. Shunga ko‘ra, bunday chiziqlar vertikal chiziqlar deb ataladi. Chizmada vertikal chiziqlar chizma qog‘ozining tik yon tomonlariga parallel yoki gorizontal chiziqlarga perpendikular qilib o‘tkaziladi. Qiya holatdagi chiziqlar gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashadi. Vertikal yoki gorizontal chiziqlar o‘z vaziyatini o‘zgartirsa, qiya chiziqlarga o‘tib qoladi. Gorizontal va vertikal holatdan boshqa holatni egallagan chiziqlar qiya chiziqlar deyiladi. Qiya chiziqlar, chizmadagi holatiga ko‘ra, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab chiziladi (6.3-chizma). O‘zaro parallel chiziqlarni sirkul yordamida yoki o‘lchab qo‘yish yo‘li bilan ham chizish mumkin.
Xulosa
Chizmachilik fani o‘qituvchisi boshqa fanlar o‘qtuvchilari kabi birinchi galda yeng yuksak fazilatli, axloqiy pok, iymon va ye’tiqodli, halol va sofdil, talabalarga, o‘smir va yoshlarga nisbatan o‘ta talabchan , ziyrak va izlanuvchan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining kasbiy xususitatlari borasida to‘xtalganda shuni ta’kidlash lozimki, u yeng avvalo o‘z kasbining jonkuyari, ishiga ijodiy va ilmiy yondoshadigan shaxs bo‘lmog‘i ta’lab yetiladi. Bu shaxsdagi bilimlar va ilg‘or tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik, kuzatuvchanlik, qat’iylik va insoniylik xususitatlari yaqqol sezilib turishi kerak.
Pedagogika adabiyotlarida talim metodlarini bir nechta turlarga ajratib o‘rganiladi: ko‘rgazmali, izoxli – illustrativ, reproduktiv muommoli, qisman izlanuvchanlik va tadqiqot metodlari.
“Pedagogik texnologiya” ning rivojlanish istiqbollari uning nazariy asoslarining tanqidiy taxlil qilinishi, Ta’limga reduktsion yondashishdan voz kechish bilan belgilanadi. Bir vaqtning o‘zida “Pedagogik texnologiya” nazariy asoslarini o‘zgartirish bilan birgalikda uning “muammo maydonini xam o‘zgartirish lozim.
“Pedagogik texnologiya” Ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish va qismlashtirish, Ta’lim natijalarini standartlashtirish, Ta’lim jarayonidagi samarali teskari aloqa, avtomatlashtirish imkoniyatlari kabi muxim Ta’lim muammolarini xal kilish imkonini beradi. Ushbu muammoni ishlab chiqishda “pedagogik texnolgiya” dagi Ta’lim tizimlarini ko‘rishdagi tajribasini xisobga olish va tanqidiy taxlil qilish maqsadga muvofikdir.
Ularning xammasidan xam chizmachilik fanini xusuxiyatlarini e’tiborga olgan xolda Ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Chizmachilikda qisman izlanuvchanlik va tadqiqot metodiga modellashtirish loyixalash bo‘yicha masalalar yechish, grafik ishlarni bajarish kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Chizmachilik o‘qitishda dars jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirish yullari sifatida quydagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: Darsning oqilona tashkil qilinishi
-Turli ko‘rgazmali vositalarning qo‘llqnilishi
-Muammoli, dasturlashtirilgan, turli xil topshiriqlar, qiziqarli va tarixiy yelementlar, sinifdan tashqari ishlarni qo‘llash
-Grafik faoliyat vositalari yordamida o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirish va boshqalr.
-Ayni yangilanish, rivojlanish davrida yosh avlodni bilimdon, yaratuvchan, yuksak madanitatli va mustaqil mamlakat taqdiri uchun ma’sul shaxslar qilib tarbiyalash;
-Ulug‘vor bunyodkorlik ishida malakali, g‘ayratli o‘qituvchilar yoshlar peshqadamlik qilmoqlari uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash ;
-O‘quvchi va yoshlarga chizmachilik sirlarini o‘rgatish borasida o‘z ustida doimo izlanish, talabalar faolitatini rivojlantirib, to‘g‘ri va asosli shakllantirish uchun pedagogik qoidalar asosida tajribalar olib borish :
Tasviriy san’at insonni shakllantirishdagi muhim va ishonchli vositalardandir, bunday imkonitatni xar bir mashg‘ulotda qo‘llash uchun tangicha uslub va mumkin bo‘lgan usullarini ishga solish hamda amalda qo‘llay olish mahoratini o‘rgatish :
Zamon talabi bilan dars va mashg‘ulotlarni noan’anaviy dars rejalari bilan o‘tkazish :
Jahon andozalariga xos tangi texnologitalarini o‘rganib, darsda qo‘llay olish mahoratini yegallashi kerak.
Yuqorida zikr etilgan talablarni o‘zida mujassam
etgan har qanday talabaga kelajak avlodimizni ishonib topshirsak bo‘ladi.
|
| |