|
Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar
|
bet | 27/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablDasturlash texnologiyalari
Dasturiy ta’minotni tasniflashda, shuni hisobga olish kerakki, hisoblash texnikasining dadil rivojlanishi va qoʻshimcha kompyuterlar doirasining kenga-yishi natijasida dasturiy ta’minotning evalyutsiya jarayoni keskin tezlashdi. Dasturiy ta’minotning asosiy toifalarini (turlarini), ya’ni operatsion tizimlarni tarjima qilish qurilmalari, amaliy dasturlar paketlarini oldinlari barmoq bilan sanash mumkin boʻlsa, hozirgi vaqtda vaziyat tubdan oʻzgardi. Dasturiy ta’minotning rivojlanishi ham chuqurlashdi (tillarni dasturlash, operatsion tizimlarning tuzilishiga va boshqa jarayonlariga boʻlgan yangi yoʻllari paydo boʻldi) hamda kengaydi (amaliy dasturlar amaliy dastur boʻlib qolmasdan mustaqil qiymatga ega boʻldi). Bozordagi mavjud mahsulotlar bilan talab qilingan dasturli mahsulotlar orasidagi oʻzaro munosabat juda tez oʻzgardi. Bulardan koʻpchiligi ilgari insonning aqliy imkoniyatlariga bogʻliq boʻlgan hatto klassik (murakkab) dastur mahsuli, jumladan operatsion tizimlar toʻxtovsiz rivojlanayapti va aqliy vazifasibilan turli koʻrinishlarga taqsimlanmoqda. Bundan tashqari bugungi kunda eskirgan oʻlchovlar boʻyicha tasniflash juda qiyin boʻlgan noan’anaviy dasturlar paydo boʻldi, masalan, programma elektron hamsuhbat. Barcha dasturlash texnologiyalarini asosiy dasturlash tillari bu Visual Basic, C++ va Java hisoblanadi.
4.25-rasm. Java dasturlash instrumenti, Java uchun Forte, Sun Microsystems grafikaviy dasturlash interfeysidan foydalanish.
Xulosa
•Dasturiy ta’minot. Kompyuter dasturiy ta’minoti ikkita asosiy programma tiplaridan iboart: (1) ma’lumot bilan ishlashda kompyuterlardan foydlanish yoki qoʻllash unumdorligini foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishga yoʻnalitirilgan amaliy dasturiy ta’minot va (2) axborot bilan ishlash har xil masalalarini bajarish uchun kompyuter tizimidagi operasiyalarini boshqaradigan va qoʻllab quvvatlaydigan tizimli dasturiy ta’minot.
•Dasturiy ilovalar dasturiy ta’minoti. Amaliy dasturiy ta’minot koʻplab programmalarni oʻz ichiga oladi, ularni umumiy maqsadda yoki konkret maqsadlarda foydalanadigan ikkita dasturiy ilovalar kategoriyalariga boʻlish mumkin. Umumiymaqsadli amaliy programmalar foydalanuvchilar uchun umumiy boʻlgan ma’lumotlar bilan ishlash vazifalarini bajaradi. Misol sifatida matn bilan ishlash, elektron jadvallar va grafikaviy taqdimot programmalarin keltirish mumkin. Jamiyatda konkret biznes funksiyalar yoki jarayonlarni qoʻllab quvvatlash, ilmiy yoki injener dasturiy ilovalari va boshqa kompyuter dasturiy ilovalarida ma’lumot bilan ishlash vazifalarini bajarish uchun maxsus programmalar- dasturiy ilovalari qoʻllaniladi.
•
|
| |