|
Kurs ishi mavzu: Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablar
|
bet | 28/28 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,8 Mb. | | #228141 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Dasturiy ta’minot yaratishga quyiladigan talablTizimli dasturiy ta’minot. Tizimli dasturiy ta’minotni tizimni boshqaruv programmalari va tizimlarni ishlab chiqish programmalariga boʻlish mumkin. Boshqaruv tizim programmalari kompyuter tizimining jihozlari, dasturiy ta’minoti, tarmoqlari va axborot resurslarini boshqaradi. Tizimni boshqaruv programmalari misollari sifatida operatsion tizimlar, tarmoqlarni boshqarish programmalri, berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari, dasturiy ilovlara serverlari, tizimli utilitlar, unumdorlik va xavfsizlik monitorlarini keltirish mumkin. Tarmoqlarni boshqarish programmalari telekommunikasiya faoliyati va telekommunikasiya tarmoqlarini, tarmoq unumdorligini qoʻllab quvvatlaydi va boshqaradi. Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlari berilganlar bazalarini ishlab chiqish, integrasiyalash va yurtishini nazorat qiladi. Utilitlar berilganlarni zaxiraviy nusxalash va fayllarni nusxalash kabi ogʻir hisoblash funksiyalarini operatsion tizim qismi sifatida yoki alohida paket sifatida bajaradi. Dasturlash tillari translyatorlari va redaktorlari kabi tizimlarni ishlab chiqish programmalari biznes jarayonlarni qoʻllab quvvatlash uchun kompyuter programmlarini ishlab chiqishda mutaxassislarga yordam beradi.
• Operatsion tizimlar. Operatsion tizimi programmalarning integrallashgan tizimidan iborat boʻlib, prosessor ishi ustidan nazorat qiladi, kompyuter tizimga berilagnalarni kiritish/chiqarish funksiyalarini boshqaradi, hamda har xil qoʻllab quvvatlash xizmatlarini amalga oshiradi. Operatsion tizimi beshta asosiy funksiyalarni bajaradi: (1) foydalanuvchilar bilan tizimli va tarmoq kommunikasiyalari uchun foydalanuvchi interfeysi, (2) kompyuter tizimi apparat resurslarni boshqarish uchun resusrlarni boshqarish, (3) berilganlar fayllari va programmalarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish, (4) kompyuter bajarilish lozim boʻlgan vazifalarni boshqari uchun vazifalarni boshqarish, va (5) har xil qoʻllab quvvatlash xizmatlarini taqdim etuvchi utilitlar.
• Dasturlash tillari. Dasturlash tillari tizimli dasturiy ta’minotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Ular kompyuter programmalarini va dasturlash tillari instruksiyalarilarini mashina tili komandalari kodiga aylantiruvchi transtlyator programmalarini ishlab chiqish uchun har xil dasturiy paketlardan foydalanishni talab qiladi.
Dasturlash tillarning asosiy beshta darajasi mavjud: mashina tili, assembler tili, kori darajali tillar, toʻrtinchi avlod tillari hamda obyektga moʻljallangan tillar. Java, HTML va XML kabi obyektga moʻljallangan tillar web-biznes dasturiy ilovalari va xizmatlari uchun keng foydalaniladi.
|
| |