• Dasturlash tillari haqida maʼlumot
  • Dastur yaratish jarayonida
  • Dasturlash tili maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni electron




    Download 189.39 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.04.2023
    Hajmi189.39 Kb.
    #50855
    Bog'liq
    Dasturlash tili
    Blog


    Dasturlash tili— maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni electron 
    mashinalarda ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun 
    moʻljallangan rasmiy til; odamning elektron mashina bilan 
    bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar tizimi. Dasturlash tili 
    tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi. 
    Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (Dasturlash) 
    vositasi boʻlishi, yaʼni maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM 
    (kompyuter) da ishlashda qoʻllanishidan iborat. 
    Dasturlash tillari haqida maʼlumot 
    Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til 
    faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va 
    qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va 
    muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. 
    Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi. 
    Dasturlash tillari haqida maʼlumot Protsessor dasturlash tilida 
    yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun 
    dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib 
    beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon 
    tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
    1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini 
    tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini 
    bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi. 
    2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -
    bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan 
    buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha 
    zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har 
    biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. 
    Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan 
    tanishamiz. C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun 


    moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish 
    uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng 
    mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va 
    planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik 
    web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli 
    masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan 
    dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, 
    Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga 
    ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan 
    dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy 
    vositalar majmuasi. 
    Dastur yaratish jarayonida 
    Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan 
    foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, 
    dasturlash tillarida Tizimli va Dastur yaratish jarayonida amaliy 
    dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur 
    yaratish jarayoni katta hajmga ega boʻlib, dasturlash tillarida dastur 
    yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini 
    yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga 
    oʻxshash boʻlib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi, dastur yozish 
    shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish 
    jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash 
    bólib, bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi. 
    Dastur yaratish bosqichlari 
    Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda 
    dasturning qanday maqsadda qoʻllanilishi, kirish va chiqish 
    maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni 
    joriy etishning narxi baholanadi. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi 
    ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar 


    shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi 
    Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) 
    jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi. Toʻrtinchi 
    bosqichda kodlash jarayoni Dastur yaratish bosqichlari tugab, 
    dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda 
    dasturning oʻgʻri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa 
    parametrlariga aniqlik kiritiladi. Beshinchi bosqichda dastur 
    amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga 
    muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich 
    sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va 
    maʼlumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi 
    mutaxassislar óqitiladi. Oltinchi soʻnggi bosqichda qoʻllab- 
    quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga 
    tavsiyalar beriladi. 

    Download 189.39 Kb.




    Download 189.39 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturlash tili maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni electron

    Download 189.39 Kb.
    Pdf ko'rish