|
Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
|
bet | 10/15 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #245228 |
Bog'liq Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalariVermikulit – bu tabiiy material bo‘lib, kuydirish jarayonida xajmi 10 – 15 baravar oshish xususiyatiga ega gidroslyudalar guruhiga mansub. Bu mineral bronza – sariq, tilla rangda uchraydi, aniq kimyoviy tarkibga va faqat o‘ziga xos kristall tuzilmaga ega. Kristallar o‘lchami bir necha o‘n santimetrdan mikrongacha tebranadi.
Gips asosidagi kompozitsion bog‘lovchi moddalar. Ularning turlari, ishlab chiqarish usullari, xossalari va ishlatilish sohalari.
Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar an’anaviy mineral bog‘lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir. Gips bog‘lovchi moddalar nafaqat suvoqchilikda, balki hajmli qurilish buyumlari olishda xam keng ko‘lamda ishlatiladi. Bohlovchi modda olishda xomashyo tabiiy toh jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit) hamda tarkibida kalsiy sulfat bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab chiqarishdagi
chiqindilar) xizmat qiladi.
Jahonda xammasi bo‘lib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi. AQSh, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Rossiya eng ko‘p miqdorda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab ishlar qilinayapti.
Gips bog‘lovchi moddani ishlab chiqarish
Gips bog‘lovchi moddalar – bu kukunsimon mineral modda bo‘lib, u asosan suvli sulfat kalsiyni degidratatsiyasidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Degidratatsiya
materialdagi kimyoviy va fizik birikkan suvlarning asta-sekin yo‘qolishi va undagi moddalarning parchalanishidir.
Gips bog‘lovchi moddalar uch xil usulda ishlab chiqariladi:
gips toshi maydalab tuyiladi va pishiriladi;
gips toshini maydalab, pishirib, sung tuyiladi;
gips toshini maydalab, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlov beriladi va quritib, tuyiladi.
Gips toshini, asosan, aylanma xumdonlarda, bug‘lanish qozonlarida yoki avtoklavlarda pishiriladi. Amalda gipsni qozonlarda pishirib olish usuli keng tarqalgan. Po‘lat silindr va tikka o‘rnatilgan qorgichdan iborat bo‘lgan qozonga kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Kozonning diametri bo‘ylab to‘rtta isitgich quvur o‘tkazilgan. Ular solinayotgan xomashyo gipsni pishiradi va tayyor mahsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi xonaga tushadi. Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatini 120 : 180 oC da qizdirganda u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalanadi. Bunda gips toshi 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu esa quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
CaSO4 x 2H2O = CaSO4 x 0,5H2O + 1,5H2O
Pishirish jarayonining davri va haroratiga qarab har xil turdagi pishirilgan gips bo‘ladi:
α- yarimgidrat (quruq muhitda 120...180 oC haroratda hosil bo‘ladi, odatda aylanma xumonlarda va katta qozonlarda pishirib olinadi, markasi G-2...G-7);
β- yarimgidrat (suvli muhitda 80...180 oC haroratda hosil bo‘ladi, odatda avtoklavda pishiriladi, markasi G-10...G-25).
150 oC dan yuqori haroratda quruq muhitda pishirilganda kristallsimon α- yarimgidrat hosil bo‘ladi, unda tolasimon, yoriqli yuzalari ko‘proq bo‘ladi. Qurilishda ishlatiladigan gips bog‘lovchi moddalar asosan β - yarimgidratdan iborat bo‘ladi, tarkibida og‘irligi bo‘yicha 1% gacha suv bo‘lishi mumkin. U tez suvni shimish va qotish xususiyatiga egadir. Qolipbop gips yaxshi kristallangan tuzilishga ega bo‘ladi, lekin qotishini boshlash davrida jarayon sekinroq boradi.
Gips toshini 350...800 oC haroratda pishirilganda, undan angidrit CaSO4 hosil bo‘ladi. U tarkibiga aktivator (qotirish xususiyatini oshiradigan) modda qo‘shilgandagina qotish xususiyatiga ega bo‘ladi (aktivatorlar – kaliy sulfat, natriy sulfat, rux sulfat yoki alyuminiy sulfat og‘irligidan 3% miqdorida, hamda portlandsement yoki kalsiy oksid og‘irligidan 5 % miqdorida qo‘shiladi). Qizdirish vaqtida harorat 600 oC dan oshganda kalsiy sulfatni parchalanishi boshlanadi:
CaSO4 x CaO + SO2 + 1/2O2
Hosil bo‘lgan modda estrix-gips deyiladi, uni tarkibida CaSO4 dan tashkari kaltsiy oksidi xam hosil bo‘ladi. U juda yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladi va 19 MPa dan ko‘p bo‘lishi mumkin.
|
| |