|
Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
|
bet | 7/15 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #245228 |
Bog'liq Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari
5
Kompozit materiallar turli fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta komponentlardan iborat bo‘lgan materialdir: metall yoki metall bo‘lmagan matritsalar, ularning kombinatsiyasi kompozit materiallarga yangi xususiyatlarni beradi. Tuzilishning tabiati bo‘yicha kompozit materiallar uzluksiz tolalar, tarqalgan zarrachalar matritsasi ichiga qattiqlashtiruvchi moddalar kiritish orqali olingan dispersiyalangan mustahkamlovchi materiallar, turli materiallarni bosish yoki yoyish orqali hosil bo‘lgan qatlamli materiallarga bo‘linadi.
Ma’lumki o‘tga chidamli materiallar sanoatning barcha sohalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi zamonaviy domna, shisha eritiladigan, sement klinkeri kuydiriladigan xumdon va boshqa isiqlik ta’sirida bo‘lgan uskunalar shular jumlasidandir. Katta hajmli va juda yuqori haroratning uzoq vaqtgacha ta’sirida deformatsiyalanmasdan o‘z mustahkamligini saqlab turish uchun o‘tga chidamli materiallardan foydalanish zarur hisoblanadi.
O‘tga chidamli materiallarning eng asosiylaridan biri yuqori giltuproqlilar hisoblanib, ular qatoriga toza korundli o‘tga chidamli materiallar kiradi. Yuqori o‘tga chidamli giltuproqli materiallar, shamotlilar, yarimnordonlilar ancha yuqori haroratga chidovchan kaolinli buyumlar o‘rnida qo‘llaniladi. Cho‘yanni
qizdirishda, po‘latlarni vaakumlash va quyishda, ammiaklarni ishlab chiqarishda va boshqalarda korundli o‘tga chidamlilar juda yaxshi muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda.
Yuqori o‘tga chidamli giltuproqli buyumlarning tayyorlanishi ko‘pshamotli sxemada bo‘lib, zichdonador- shamot va birlashtiruvchi to‘ldirgichlardan olinadi.
To‘ldirgichdagi α-Al2O3 ning strukturasi olinish haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Korund kristallarining ko‘rinishi qizdirish haroratiga va uning o‘tish vaqtiga bog‘liq bo‘lib, izometrik shakldagi prizmatik va keyinchalik plastinkachalar shakliga o‘tadi. Bu esa albatta uning mexanikaviy xossasini oshiradi, chunki korundning xossalari anizotropdir.
1.18-rasmda ko‘rsatilgan mikrofotosuratda 20 minut vaqtgacha qizdirib shu haroratda 30 minut saqlangan korund plastinkasining mikrotuzilishi keltirilgan. Shu maromda qizdirilganda korund kristallarining o‘lchamlari kattalashadi.
Bunday materiallarni ishlab chiqarishda alyuminiy oksidining erishiga yaqin bo‘lgan haroratdan foydalangan holda, plastinka shakllidagi strukturaga ega bo‘lgan alyuminiy oksidini (Al2O3- 99,4%) ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshiriladi (1.1-jadval).
|
| |