• 2.1-rasm. Fibrobeton.
  • 2.2-rasm. Fibrobetonda qurilgan ko’prik (metall qirindisi ishlatilgan), (Germaniya).
  • 2.3-rasm. Fibrobeton tarkibi.
  • Fibrobeton ishlab chiqarish asoslari




    Download 0,84 Mb.
    bet12/15
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #245228
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari

    turlari va xususiyatlari.

    Fibrobeton ishlab chiqarish asoslari.


    Dispers armaturalangan beton –fibrobeton
    Fibrobeton—bu betonning dispers tolalar bilan armaturalangan turidir. Bunday betonlar tarkibida sement qorishmasi, qum, yirik to’ldiruvchilar va suv, qo’shimcha sifatida ma’lum bir miqdorda temir yoki boshqa tolalar ishlatiladi. Bazida plastifisirlangan qo’shimchalar ishlatiladi. Tolalar turli xil materialllardan– polipropilendan metalgacha, turli xil konfiguratsiyalarda, uzunliklarda va ko’ndalang kesmalarda ishlab chiqariladi (2.1-rasm).

    2.1-rasm. Fibrobeton.


    Fibro beton ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichi
    Fibrobetonning birinchi taqdimoti 1907 yilda rus olimi V.P.Nekrasov tomonidan o’tkazilgan. U maqolalarida birinchi marta kichik diametrli simlar bilan mustahkamlangan kompozit materiallarni ishlab chiqarish bo'yicha tadqiqotlar tafsilotlarini yoritdi.
    1981-yilda Yaponiya 3 ming tonna polat tolani ishlata boshlagan, bulardan 500 tonnasida - zangalamaydigan po’lat ishlatilgan. Hozirgi kunda O’rta Osiya davlatlari shu jumladan O’zbekiston bu sohada 25 yil ortda qolgan, chunki dunyoning rivojlangan Yaponiya va Yevropa davlatlarida betonning bu turi keng ko’lamda qo’llanilmoqda (2.2-rasm).



    2.2-rasm. Fibrobetonda qurilgan ko’prik (metall qirindisi ishlatilgan), (Germaniya).


    Fizik-mexanik xususiyatlari: Dispers armaturalangan betonning issiqlik o’tkazuvchanligi va zichligi ularda ishlatiladigan tolalar turiga bog’liq bo’ladi.
    Betonni dispers aramaturalash sun’iy tolalar-fibralar bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kelib chiqishiga ko’ra organik yoki mineral bo’lgan metal va metal bo’lmagan tolalar ishlatiladi (2.3-rasm).

    2.3-rasm. Fibrobeton tarkibi.


    Ishlatilish soxasi va ishlab chiqarish usuliga ko’ra tolali materiallar 6-ta asosiy toifalarga bo’linadi (2.4-rasm). Ularning har biri GOST 14613-83 “Fibra”ga mos kelishi kerak :

    1. Metall qirindili

    2. Bazalt tolali

    3. Shishatolali

    4. Uglerod tolali

    5. Polipropilenli

    6. Sellulozali

    Metall (po’lat) tolasi- to’lqinsimon yoki ankersimon simlar shaklida bo’ladi.Armatura karkasi uchun ishlatiladigan metal tolalar bir necha usulda tayyorlanadi. Eritmani qoliplash orqali, elektrotermik yoki mexanik usulda olib boriladi. Eng keng tarqalgani mexanik usul xisoblanadi. Ushbu usulda metall tolalarni ishlab chiqarish metalni prokat tegirmonida cho’zish orqali amalga oshiriladi. Metall tolalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash metall tolaning kerakli diametriga bog’liq. Ultra yupqa tolalar maxsus olmos filtrlari orqali chizish orqali olinadi (2.6, 2.7, 2.8-jadvallar).







    Download 0,84 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fibrobeton ishlab chiqarish asoslari

    Download 0,84 Mb.