|
Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
|
bet | 6/15 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #245227 |
Bog'liq Kompozit22221.1-rasm. Besh koordinatali frezerlash mashinasi MR 125, o‘lchami 15x5 m va balandligi 2,5 m gacha bo‘lgan detallarga ishlov berish uchun.
1.2-rasm. Kuka frezerlovchi robotlashtirilgan kompleks.
1.3-rasm. «Kichik» besh koordinatali frezerlash mashinasi.
Uskunalarni ishlab chiqaradigan kompozitlar
Kompozitlarni ishlab chiqarishning keyingi bosqichi - uglerod tolalarni yotqizish jarayonini avtomatlashtirilgan o‘rash uchun o‘rnatishni joriy etish. Amerikalik Magnum Venus Plastech firmasi quruq tusli matolarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan birinchi uskunani namoyish etdi. Rossiyada birinchi marta shu kabi uskunalar VASOda joriy etildi. Ushbu jihoz 8 m gacha bo‘lgan uzunligi
va 3 m gacha diametrli kompozit qismlarini ishlab chiqarish imkonini beradi (1.4-rasm).
Matolarni qo‘lda joylashtirishni osonlashtirish va chiqindilarni kamaytirish uchun avtomatik ravishda kesish usunusi bo‘lgan lazerli LAP va LPT proektorlar ishlatiladi. Pozitsionirlovchi lazerli sistemadan foydalanib (1.5-rasm) kompozit mahsulotning 3D modeli to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot hosil qilish mumkin. Bunday ish sxemasi vaqt sarf-xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi, jarayonning samaradorligini oshiradi, nuqsonlar va xatolar ehtimolini pasaytiradi va ma’lumotlar boshqaruvini osonlashtiradi. An’anaviy tartibga solish bilan solishtirganda, dasturiy ta’minotni kesuvchi mashinalar - pozitsionirlovchi lazerli sistema mehnat sarfini 50% gacha kamaytiradi, materiallardan foydalanish tezligini oshiradi, ya’ni xomashyo materialning 15% dan 30% gacha tejash imkonini beradi. So‘nggi paytlarda, tolalar yo‘nalishini tartibga solish uchun kompyuter tizimlaridan foydalanadigan uskunalar ishlab chiqildi (1.6-rasm). Bu murakkab geometriya bilan bir qatorda, egiluvchan va tartibsiz shaklga ega bo‘lgan qurilish
materiallarni olish imkonini beradi.
|
| |