|
Kurs ishi mavzu: Kompozit materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
|
bet | 5/15 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #245227 |
Bog'liq Kompozit2222Vazifasiga ko‘ra kompozitsion qurilish materiallari quyidagilarga bo‘linadi:
konstruksion, turli qurilish konstruksiyalarini – yuk ko‘taruvchi, to‘suvchi, texnologik xajmlar va uskunalarni tayyorlashga mo‘ljallangan;
issiqlik izolyatsion – binolar, inshoatlar, texnologik uskunalarni to‘suvchi konstruksiyalarni izolyatsiyalash uchun;
v) gidroizolyatsion – gidroizolyatsiya, bug‘ izolyatsiya, tom yopish va pardozlash ishlari uchun;
g) kimyoviy ta’sirlarga chidamli – mavjud ob’ekt va inshoatlarni kimyoviy chidamli qoplama bilan qoplash yoki pardozlash uchun;
elektr izolyatsion – dielektrik konstruksiya va apparatlar uchun;
pardozbop – qurilish ob’ektlarining me’moriy go‘zalligini yaxshilash va qurilish ob’ektlarini restavratsiya va ta’mirlash uchun;
j) maxsus vazifalarga mo‘ljallangan – radiatsiyaga chidamli, olov ta’siriga chidamli, olovbardosh, tomponaj va boshqalar.
Bog‘lovchisining turiga ko‘ra kompozitsion qurilish materiallari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
mineral bog‘lovchi moddalar (sementli, ohakli, gipsli, magnezial va boshqalar) asosidagi materiallar;
organik bog‘lovchilar (bitum, qatron) asosidagi materiallar;
v) sintetik polimer bog‘lovchilar (termoplastik, termoreaktiv) asosidagi materiallar;
g) kompleks bog‘lovchilar (misol uchun polimersement) asosidagi materiallar;
Kompozitsion qurilish materiallari mikrostrukturasining xususiyatidan qotirish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
harorat pasayganida qotadiganlar (suvli eritmalar, asfaltli, bitumli, metalli, keramik, shishalar, oltingugurtlar, termoplastik polimerlar);
suyuq fazaning – erituvchi yoki aralashtiruvchining bir qismini chiqib ketishi oqibatida qotuvchi (lok-bo‘yoq tarkiblar, emulsiyalar, sovuq mastika va zamazkalar);
v) gazsimon muhit (havo, karbonat angidrit, kislorod) bilan fizik-kimyoviy o‘zaro ta’sir jarayonida qotuvchi havoyi ohak va suyuq shisha asosidagi materiallar;
termoplastik va termoreaktiv sintetik polimerlarning (zamazkalar, shpaklyovkalar, elimlar, polimer qorishma va polimerbetonlarning bog‘lovchilari, shishaplastiklar, yog‘ochplastiklar va boshqalar) polimerizatsiyalanish va polikondensatsiyalanish natijasida qotuvchi;
pishirish jarayonidan keyin qotuvchi (keramika, sitallar).
Makrostrukturasining tuzilishiga ko‘ra kompozitsion qurilish materiallari quyidagilarga bo‘linadi:
bog‘lovchi va mayin kukun to‘ldirgichdan tashkil topgan - dispers to‘ldirilgan (mastikalar, shpaklyovkalar, zamazkalar, elimlar, qorishmalar);
bog‘lovchi va xaotik joylashgan dispers tolalardan tashkil topgan - dispers armaturalangan (shishaplastiklar, asbotsement va boshqalar);
v) bog‘lovchi va yo‘naltirilgan tolalardan tashkil topgan - tolali kompozitlar (fanera, yog‘ochplastlar, shisha tolali anizotrop materiallar, shisha tekstolitlar);
g) qorishmalar – bog‘lovchi va mayda to‘ldirgichdan (kukun to‘ldirgichdan) tashkil topgan materiallar bo‘lib, odatda ular an’anaviy oddiy va murakkab qorishmalar va polimer qorishmalarga bo‘linadi;
d) betonlar – bu qorishmalardan farqli ravishda ular yirik to‘ldirgichga ega bo‘lib, ularga mineral bog‘lovchilar asosidagi an’anaviy betonlar, polimerbetonlar va ularning kombinatsiyalari – betonpolimerlar (kompleks bog‘lovchili).
Zichligi bo‘yicha kompozitsion qurilish materiallari quyidagilarga bo‘linadi:
o‘ta yengil (o‘rtacha zichligi 400 kg/m3 gacha);
yengil (o‘rtacha zichligi 400 dan 1200 kg/m3 gacha);
v) oddiy (o‘rtacha zichligi 1200 dan 2200 kg/m3 gacha);
g) og‘ir (o‘rtacha zichligi 2200 dan 2800 kg/m3 gacha);
d) o‘ta og‘ir (o‘rtacha zichligi 2800 kg/m3 dan yuqori).
Matritsalarni yaratish uchun uskunalar
Yog‘ochdan ustaxona modelini yaratish juda qiyin va vaqtni talab qiluvchi jarayondir. Matritsani ishlab chiqarish va aniqligini oshirish uchun vaqtni kamaytirish uchun CNC frezerlash mashinalari, o‘lchash apparatlari yoki 3D skanerlar qo‘llaniladi.
Portal besh koordinatli frezerlash mashinasidan (1.1-rasm) ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanilmoqda. Kichik robotli frezerlash tizimlarini lineer bloklarda (Kuka frezerlovchi robotlashtirilgan kompleks) ishlatishadi (1.2-rasm) yoki yopishtirilgan bo‘shliqlardan iborat modellarni yaratishda foydalaniladi. Bunday holatda tashqi bo‘shliqni yopishtiruvchi va keyinchalik butunlay qayta ishlangan bo‘shliq uchun qattiq bo‘sh rama olinadi. Mahsulotni qayta ishlashning boshqa yo‘llari ham mavjud bo‘lib, bu soddalashtirilgan 3D modeli SAPR tizimida robotlar yordamida quriladi va soddalashtirilgan modellashtirish asosida tayyorlangan mustahkam rama ishlab chiqariladi. Keyinchalik, tashqi sirt SAPR tizimida ichki ramaning qoplamasi sifatida ifodalanadi. Qoplamaning o‘lchamlari mavjud CNC frezerlash mashinasida («Kichik» besh koordinatali frezerlash mashinasi) ishlov berish uchun tanlanadi (1.3-rasm). Keyinchalik, to‘g‘ri montaj qilingan ramkaga model yopishtirib chiqiladi. Ushbu usul bilan olingan modelning aniqligi past bo‘ladi va qarama-qarshi tomonlarning qo‘lda ishlov berishi talab qilinadi, ammo bu o‘lchami mavjud CNC apparatlarining imkoniyatlaridan ancha ustun bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga imkon beradi.
4
|
| |