|
Kurs ishi mavzu: n quvvatli atom elektr stansiyasi loyihalash
|
bet | 1/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #122037 |
Bog'liq energetika 777
KURS ISHI
Mavzu: N quvvatli atom elektr stansiyasi loyihalash
Jizzax palitexnika instituti
Energetika yo`nalishi 441-20 guruh talabasi
Mirzayev Kamoliddin
Mavzu: N quvvatli atom elektr stansiyasi loyihalash
Reja:
I bob.Kirish
1) N quvvatli atom elektr stansiyasi loyihalash
Atom elektr stansiyasi ishlash prinsipi.
2) N quvvatli atom elektr stansiyasi ishlash prinsipi.
II bob
3) Atom elektr stansiyasida reaktorning vazifasi va N quvvatli atom elektr stansiyalarining kelajakda kutilayotgan istiqbolli yo’llari.
4) Xulosa.
Kirish
N quvvatli atom elektir stansiyasi texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom elektr stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10% ini tashkil qiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vaqtgacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xom ashyo xisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni taxminan. 1000 baravar oshiradi. Hozirgi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash jarayonida orttirish mumkin. Xalqaro birlik tizimi (SI) da energiyani o’lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko’pchilik boshqa turlari bilan bog’liq bo’lsa, u holda o’lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo’llaniladi - kaloriya (kal) yoki kilokaloriya (kkal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt∙s, kVt∙s, MVt∙s.) da o’lchanadi; 1 Vt∙s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o’lchashda 1kg·m qiymatdan foydalaniladi, 1kg∙m=9.8Dj.
Elektr energiya energiyaning takomillashgan turidan biridir. Undan keng ko’lamda foydalanish quyidagi omillar bilan belgilanadi:
-resurslarning konlarida va suv manbalari yaqinida katta miqdorda olinishi bilan.
E lektr stantsiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari birlamchi energiyani ikkilamchisiga o’zgartirish, xususan elektrga aylantirish o’z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o’zgartirilishini ko’rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi. Energiya (grekcha energeia-harakat, faoliyat) umumiy harakat miqdori va barcha materiya turlarini o’zaro ta`siridan iborat. Bu ish bajarishga bo’lgan qobiliyatdir, ish esa ob`ektga fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta`sir etganda bajariladi. Ish bu harakatdagi energiya.
Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday o’zgarishida ham boshqasiga nisbatan ko’proq olish mumkin emas, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir.
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit, issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki).
IES-issiqlik elektr stantsiya, issiqlik energiyasini elektr energiyaga o’zgartiradi.
|
| |