|
Tadqiqot metodologiyasi va nazariy asoslari
|
bet | 3/9 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #254170 |
Bog'liq Abdumalikova Gulshoda kurs ishi
Til madaniyatning ajralmas jihati hisoblanadi. Milliy fikrlash va xulq atvor xususiyatlari til belgilarida o‘z ifodasini topadi. Til ham, o‘z navbatida, olamni anglashga ham ta’sir etadi. V.Gumboldt til madaniyatning bir qismi deya ta’riflagan. Uning fikricha, til nafaqat insoniy, balki milliy ruh, jumladan, xalq ruhining asosiy faoliyatidir. V.Gumboldtning “xalqning milliy ruhi” tushunchasiga xalqning psixikasi, uning fikrlash tarzi, falsafasi, fani, san’ati va adabiyoti kiradi. Aynan V.Gumboldt lisoniy ong degan tushunchani kiritgan. E.Sepir tilning tafakkurga to‘g‘risida shunday yozgan: “Odatga ko‘ra, odamlar faqat narsalarning ob’yektiv dunyosidagina emas, balki ijtimoiy faoliyat dunyosida ham yashaydilar; ular o‘z jamiyatlaridagi muloqot vositasi bo‘lgan konkret til ta’siri ostida ko‘proq bo‘ladilar”. «Real olam» mazkur guruhning lisoniy me’yorlari asosida beixtiyoriy ongsiz ravishda yaraladi. Mazkur qoidalar ilmiy tadqiqot uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlar nu-tqiy faoliyatida, ayniqsa, o‘smirlar, o‘zlarini “tasdiqlash” ga erishish uchun, umumiy qabul qilingan nutq me’yoridan farq qiladigan so‘zlar va iboralarni qo‘llaydilar xolos.
Tadqiqot Metodologiyasi.
Korpus-tahlil metodlari. Bu metod kompyuter lingvistikasi sohasidagi tadqiqotlar uchun asosiy tahlil usuli bo‘lib, elektron taqdimotlarda foydalaniladigan sleng so‘zlari va ifodalarni aniqlashda va tahlil qilishda foydalaniladi. Korpus-tahlil usullari yordamida, o‘quvchilar internet matnlari va onlayn kommunikatsiyada foydalaniladigan so‘zlar va ifodalarni to‘plangan ma'lumotlar asosida o‘rganishlari mumkin.
Tavsiflash tizimlari: Bu metod, elektron taqdimotlarda foydalaniladigan sleng so‘zlari va ifodalarni aniqlashda foydalaniladi. Ta'kidlash va tafsiliy tizimlar, tushuntirish uchun sleng so‘zlari va ifodalarni aniqlash, ularning ma'nosini tushuntirish va ularni turli til va jihatlarga tarjima qilish jarayonlarida yordam beradi.
|
| |