• Madaminjonov Xasanboy Ilmiy rahbar: Z.Boboyeva Farg’ona 2021 MUNDARIJA I Kirish II. Asosiy qism
  • Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Kurs ishi mavzu: “Yig’ish chizmalari mavzusini o’qitish mavzusining metodik ishlanmasi” Bajardi: ‘Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi’ mutaxassisligi bakalavr yo’nalishi 2-bosqich 19. 25- guruh talabasi Madaminjonov Xasanboy




    Download 0,55 Mb.
    bet1/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #229703
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ishi mavzu “Yig’ish chizmalari mavzusini o’qitish mavzusin


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

    Himoyaga ruxsat etiladi


    “Tasviriy sa’nati” kafedrasi
    mudiri ________B.Qurbonova
    «_____»__________ 2021 yil

    “CHIZMACHILIK (Mashinasozlik)”


    fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: “Yig’ish chizmalari mavzusini o’qitish mavzusining metodik ishlanmasi”

    Bajardi:
    ‘Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi’ mutaxassisligi


    bakalavr yo’nalishi 2-bosqich 19.25- guruh talabasi
    Madaminjonov Xasanboy

    Ilmiy rahbar: Z.Boboyeva


    Farg’ona 2021
    MUNDARIJA
    I Kirish
    II. Asosiy qism
    1.Yig’ish chizmalarni xaqida umumiy ma’lumot, yig’ish chizmalarini o’qish.
    2..
    VA UNI O‘QISH HAMDA ULARGA OID GRAFIK VAZIFALAR
    Xulosa va tavsiyalar
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy dunyoda ta’lim-tarbiya va ilm-fan har qanday mamlakat taraqqiyotining birlamchi omillaridan biri sanaladi. YAngi avlodni yangicha ruhda tarbiyalash, yangicha yashashga, fikr yuritishga o‘rgatish zarurligi prezident I.Karimov tomonidan asoslab berildi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
    Ma’lumki, uzluksizlik va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo‘yib, avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorligini, mahoratini kuchaytirish imkonini yaratadi.
    Buning uchun esa, ta’lim-tarbiya va ilm-fan mazmunini yangilash, yangicha boshqarish, yangicha qurish va isloh etish davom etmoqda. SHu munosabat bilan fanlarni o‘qitishdagi an’anaviy usullardan noan’anaviy usullarga, ta’limning interfaol usullariga o‘tish orqali bunga erishish mumkinligi ko‘rinib turibdi.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innavatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o‘zlashtirishga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi hamda tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi.
    Pedagogik texnologiya o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini loyihalash va amalga oshirish uchun keng faoliyat maydonini yaratadi. Natijada ta’lim tizimida o‘qish-o‘qitish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha aniq va etarli qoidalar amalga oshiriladi. Bu esa ayni paytda pedagogikada ijodiy izlanish yo‘lini ochib beradi.
    Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundan iboratki, rejalashtirilgan o‘quv maqsadlariga erishish uchun natija kafolatlanib, loyihalanadi va amalga oshiriladi. Bunda texnologik yondashuv maydonga kelib, o‘qituvchi bayon qiluvchi, ta’riflovchi, ma’lumotlarni xotirada saqlovchi loyihalashtirilgan natijaga erishishni ta’minlaydigan texnologik sxemani beradiki, oqibatda qayta tiklanadigan ta’lim sikli vujudga keladi.
    Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan ayni damda o‘qituvchi faoliyatiga, uning mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarni pedagogik fikrlashida o‘rin ola boshlagan pedagogik texnologiyani mashg‘ulot jaryonida qo‘llashga oid tavsiyalar o‘qituvchilar uchun juda zarur. Ayniqsa xamkorlikka asoslangan, talabalarning faollgini oshirishga mo‘ljallangan talabalarning bir-birlarining fikrini eshitish, tushunish, xurmat qilish, o‘zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ularni o‘rganish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikr va xulosalarni mustaqil lo‘nda, puxta va aniq bayon qila olishga o‘rgatishga qaratilgan “interfaol” o‘qitish usulari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ijobiy samara bermoqda. O‘qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar talabalar o‘rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, ularni harakatchanlikka boshlab ruhlantiradi natijada talabalar hamkorlikka o‘rgana boshlaydi. Har qanday interfaol metod to‘g‘ri va maqsadli qo‘llanilganda talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
    YAngi pedagogik texnologiya ta’lim tizimining ratsional yo‘llarini ishlab chiqaruvchi va loyihalashtiruvchi jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi asosiy mas’ul shaxs hisoblanadi. CHunki uning asosiy vazifasi axborotni talabalarga tez, aniq va tushunarli tarzda etkazib berishdan iboratdr.
    Ta’lim tizimida sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangilanishlar talabalarga yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilan bir qatorda, yoshlarimizning o‘ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o‘zgarishini, vatanparvarlik g‘oyalarini onggiga va qalbiga singdirishni ham ko‘zda tutadi. Demak, bizning faoliyatimiz asosan talabalarimizni demokratik jamiyatda mustaqil fikrlaydigan, o‘z dunyoqarashiga ega man’naviy-komil shaxs bo‘lib shakllanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.

    Download 0,55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: “Yig’ish chizmalari mavzusini o’qitish mavzusining metodik ishlanmasi” Bajardi: ‘Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi’ mutaxassisligi bakalavr yo’nalishi 2-bosqich 19. 25- guruh talabasi Madaminjonov Xasanboy

    Download 0,55 Mb.