• Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari
  • Birinchi bosqich
  • Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida ishlashadi
  • Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud




    Download 152.13 Kb.
    bet7/17
    Sana24.10.2023
    Hajmi152.13 Kb.
    #90323
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Kurs ishi Mavzu2

    Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
    1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
    2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin; 
    3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday yordam bermasligi mumkin. 


    Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: 
    Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish 
    texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
    koʻproq samaraga erishish mumkin:


    Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.

    Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.

    Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. 

    Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
    1) keys materiallari bilan tanishadi
    2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi; 
    3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
    4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
    5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi. 


    Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash 

    Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida 

    ishlashadi:
    1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
    2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar
    qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi
    3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 
    4) taqdimotga tayyorlanadilar namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.


    Download 152.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 152.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud

    Download 152.13 Kb.