• Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Interaktiv metodlar yordamida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ” mavzusidagi
  • I.Bob. Interaktiv metodlarni o’quv jarayoniga joriy etish.
  • II.Bob. Interfaol metodlar va ularning nazariy asoslari
  • Xulosa
  • Курс иши Рохила




    Download 44.71 Kb.
    bet1/5
    Sana25.03.2024
    Hajmi44.71 Kb.
    #176200
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Urisbayeva Ayjamal
    Cam 10 Test 3 @uzieltsbot, Mexatron modul va robotlarning o‘zgaruvchan tok elektr yuritmasi-fayllar.org, 1338682.pptx, 15-var(2-lab), 732 21 guruh talabasi Abdurashidov Murodjonning amaliy mashg\'ulotlari, падежи наглядность, Interfaol metodlar. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra farqlanuvchi metodlari, 2- Amaliyot Saparov Akbar, Mavzu Ma\'lumotlarning intellektual tahlilining asosiy tushuncha, Kompyuter grafikasi va dizayn-fayllar.org, 1 a “Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining, Buyuk britaniya, 6 sonini ko’paytish (1), Internetning asosiy protokollari va ularning moxiyati, Guruh talabasi Abdulqosimov Salohiddin. Mavzu Kompyuter tarmoql

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
    BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI


    4 kurs 403 S/5-guruh talabasi


    Sayidova Dilfuza Abdurashid qizining
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan

    Interaktiv metodlar yordamida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish ” mavzusidagi




    KURS ISHI
    Ilmiy rahbar: ______________________
    Toshkent- 2024


    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………3
    Asosiy qism
    I.Bob. Interaktiv metodlarni o’quv jarayoniga joriy etish.

      1. Boshlang’ich ta’limda interaktiv metodlardan foydalanish………...

      2. Interfaol ta’limning asosiy tamoyil shakl va omillari………………………...……………………………………15

    II.Bob. Interfaol metodlar va ularning nazariy asoslari
    2.1 Ta’lim oluvchining intellektual qobilyatini rivojlantirish-barcha o’qitish texnologiyalarining asosi…………………………………….19
    2.2 O’quvchilarning intellektual qobilyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi………………………….27
    Xulosa………………………………………………………………...34
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..36

    Kirish
    Kurs ishining dolzarbligi: Respublikamizning o‘qitish olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-o‘qitish sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Bu yerda nima uchun bugungi kunda o‘qitish texnologiyalarni ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati tug’ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarni o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. O‘zbekistonning shu kundagi o‘qitish jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yildan bormoqda. Bu yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzoq xizmat qila olmaydi. Chunki:
    Birinchidan, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or o‘qitishtadbirlaridan foydalanish zarurligi:
    Ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og’zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “Axboratli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi :
    Uchinchidan, fan-textika taraqqiyotininig o‘rta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi:
    To‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi:
    Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa majmuaviy yondoshuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishida. O‘qitishtexnologiya fani yuqorida sanab o‘tilgan 5 ta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.
    Darhaqiqat, 20 asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz berish inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb etishini ta’minlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oralig’ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq ho‘jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar) da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish nisbatan texnologik yondoshuv an’anasi yuzaga keladi. Texnologik yondoshuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yuritishga xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash (dastlabki bosqich) dan mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan (so‘ngi bosqich) davrini o‘z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondoshuv muayyan sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash, erishilgan yutuqlarni boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo‘ladi.

    Download 44.71 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 44.71 Kb.