• Shamollatish.
  • Isitish tizimi.
  • Yuk ko’tarish qurilmalari.
  • Shamollatish va isitish tizimlari




    Download 1,21 Mb.
    bet6/6
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #133436
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Nasos nazariy tayyor

    Shamollatish va isitish tizimlari. Nasos stansiyaning xizmatchilari faoliyat ko’rsatadigan xonalarida sanitariya gigeyina me’yorlari bo’yicha havo harorati +20—25, nisbiy namligi 40—60ºC saqlanish talab etiladi. Elektr texnika joylashgan xonalarda havo harorti +45 gradusdan oshmasligi zarur. Ko’p hollarda nasos stansiyalaridagi havo harorati va namligi uskunalarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning tavsiyalari asosida belgilanadi.
    Shamollatish. Nasos stansiya binosiga o’rnatiladigan asosiy elektr dvigatellarning quvvati 630—1000 kVt bo’lgan xollarda ochiq tarmoqli mexanik shamollatish tizimi qo’llaniladi,ya’ni ventelyator yordamida tashqaridan olingan havo elektr dvigatel orqali o’tkazilib yana tashqariga o’tkaziladi. Quvvati 1000 kilowatdan ortiq bo’lgan elektr dvigatellardan foydalanilganda havo elektr dvigatel tagiga o’rnatilgan maxsus sovutgichda svuladigan,berk tarmoq ichida ventelyator yordamida ishlatiadi. Xizmatchi xodimlar faoliyat ko’rsatadigan xonalrni salqin qilish uchun konditsionerlar bilan jixozlanadi.
    Isitish tizimi. Nasos stansiya binosining pastki qavatida +5 gradus va ustki qavatida +18—20 gradus havo haroratini ta’minlashi zarur.Isitish uchun elektr kaloliferlar,suv va bug’ qozonlari orqali isitiladigan radiatorlar,gaz yoki elektr isitgich jihozlaridan foydalanish mumkin.
    Yuk ko’tarish qurilmalari. Nasos stansiyalaridagi nasoslar,elektr dvigatellar,qulfaklar,quvurlar va boshqa uskuna va jixozlarni ochish,berkitish va ta’minlash ishlarini bajarishda yuk ko’tarish qurilmalaridan foydalaniladi.Yuk ko’tarishqurilmasining turi inshootning o’lchamlari,uskunalarining joylashishi va ko’tariladigan elementning maksimal massasini xisobga olgan xolda tanlanadi.Yuk ko’tarish qurilmasi nasos yoki elektrdvigatelning eng og’ir detalini ko’tara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur.Dastlabki xisoblarda vertical valli agregatlar uchun eng og’ir detalning maksimal massasi nasos yoki dvigatel umumiy massasidan 50-60% ga teng qabul qilinadi.Gorizantal valli nasos agregati uchun kranning yuk ko’tarish qobiliyati nasos yoki dvigatelning umumiy massasiga teng olinadi.
    Qo’lda boshqariladigan yuk ko’tarish uskunalari quyidagi xollarda qo’llaniladi;
    --Detalni massasi 1 tonnagacha bo’lganda yuk ko’tarish tallari va koshkalar.
    --Detal massasi 5 t gacha bo’lganda,osma kran- balkalar;
    --Detal massasi 5 t danortiq bo’lganda ko’priksimon kranlar.
    8–ilova

    Nasos stantsiyalarining bosh tarxi







    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,21 Mb.