2.2 Tarmoq topologiyasi
Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik konfiguratsiyasi.
Uning bir nechta turlari mavjud.
-
Umumiy shina (Bus)
-
Yulduzsimon (Star)
-
Xalqa (Ring)
-
Darahtsimon (Tree)
-
Barcha elementlar bir biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)
Tarmoqni tashkil qilishda topologiyani tanlash mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yoki tarmoq mavjut bolsa, uni tiklashda, mavjud tarmoq ishlatadigan standartdan kelib chiqqan holda topologiya tanlanadi.
Siz kompyuterlarni va boshqa (skaner, printer kabi) qurilmalarni ihtiyoriy to’g’ri kelgan, o’zingiz uchun qulay usul bilan bog’lashingiz mumkin. Ya’ni tarmoqni qismlarga ajratib, ularni har hil topologiyada tashkil qilishingiz va topologiyalarni ham o’zaro bog’lashingiz mumkin. Lekin qanday holatda tarmoq tuzishingizdan qat’iy nazar belgilangan standartlardan chiqmaslik talab etiladi.
UMUMIY SHINA
Barcha kompyuterlar bitta (malumotlar shinasi) kabelga ulanadi. Kabelning uchlariga terminatorlar o’rnatiladi. Ethernet tarmoq uchun ularning bo’lishi albatta shart. Bu topologiya asosida 10 Megabitli 10Base-2 va 10Base-5 tarmoqlari tashkil qilinadi. Kompyuterlar aro bog’lovchi sifatida koaksial kabellar ishlatiladi.
Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
-juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini texnik ko’rsatkichi
Kabel turi
|
O’tkazish tezligi,
Mbit/sek
|
Tarmoqni hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa
|
Kabel uzilganda tiklash mukinligi
|
Narxi
|
Koaksial kabellar
|
10 Mbit/sek
|
500 m
|
Past
|
100 so’m/metr
|
Juftli o’ram kabellari
|
100 Mbit/sek
|
100 m
|
yaxshi
|
200 so’m/metr
|
Optiktolali kabellar
|
1-2 Gbit/sek
|
100 km
|
Maxsus qurilmalar talab qilinadi
|
1000-3600 so’m/metr
|
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi. WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi.
|