OLIY VA O’RTA MAXSUS TAЬLIMM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
fakulteti
fanidan
KURS LOYIHA
Mavzu:
Bajardi:
Rahbar:
Komissiya a’zolari:
FARG’ONA – 20 OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIMM VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
fakulteti
kafedrasi
fanidan
Kurs Loyihaga hisob-tushintirish xati
Mavzu:
Bajardi:
Rahbar:
Komissiya a’zolari:
Farg’ona – 20
Mundarija.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Texnologik qism.
Adabiyotlar sharhi.
Quritish jarayoni haqida ma’lumotlar.
Quritish apparatlari.
Texnologik qurilmalarni tanlash va ularga qo’yiladigan talablar.
Baraban tipli quritgichlar to’g’risida umumiy tasnif.
Barabanli quritgichning hisobi.
Kirish
Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yо‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga о‘tadi.
Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi.
Materiallarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida kо‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrafugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, mexanik yо‘l bilan namlikni ajratish – materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan sо‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yо‘li bilan ajratib chiqariladi.
Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni о‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yо‘li bilan uni suvsizlantiish mumkin.
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo va energetika sanoatida keng qо‘llaniladi. Quritish kо‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bо‘lib, namlik avval arzon jarayon bilan, sо‘ngra qolgan namlik quritish yо‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidagi namlikni bunday murakkab yо‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yо‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Kimyo sanoatida materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritgich qurilmalarida olib boriladi.
Quritilishi lozim bо‘lgan materiallar uch turga bо‘linadi: qattiq (donali, bо‘lak-bо‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (yoritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan о‘zaro ta’sirlashuv usuliga kо‘ra quritish qо‘yidagi turlarga bо‘linadi:
1) konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘zaro aralashadi;
2) kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material о‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bо‘ladi;
3) radiasiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) diyelektrik quritish – material yuqori chatsotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimasiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum otsida suvsizlantiriladi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb ataladi.
Quritishning turlaridag qat’i nazar, jarayon davomida material nam gaz (kо‘pincha havo) bilan о‘zaro ta’sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining ahamiyati muhim ahamiyatga ega.
Shuni alohida takidlash kerakki, istalgan quritish usulida quritilayotgan nam material ko’pchilik hollarda issiq havo bilan o’zaro tasirda bo’ladi. Konvektiv quritish sanoat texnologiyalarida juda ko’p ishlatiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun nam materialga issiq havo tasirining ahamiyati katta. Shuning uchun, nam havoning asosiy hossalarini bilish quritish jarayonini o’rganish va hisoblash uchun zarur.
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda ishlab chiqarishning har qanday turi rivojlangani kabi kimyo sanoati ham jadal suratlarda rivojlanib kelmoqda. Ishlab chiqarish surati oshgani sari kimyo sanoati korxonalarida ham turli xil sanoat tashlamalari ya’ni zaxarli va zararli chiqindilar hajmi ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida tabiat va insoniyat hayoti uchun xavf tug’dirish ehtimoli ortib bormoqda. Misol o’rnida “FARG’ONA AZOT” AJ da ammiak ishlab chiqarishda suvni yumshatish maqsadida ohak ishlatiladi va ishlatib bo’lingan ohak chiqindi sifatida tashlanadi. Bu yillar mobaynida millionlab tonna chiqindini tashkil etadi. Bizning taklif etayotgan texnologik yechimimiz shu so’ngan ohak massasin qayta aktivlashtir bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Texnologik qism.
Dastlab chiqindi sifatidagi tashlanma so’ngan ohak boyitiladi ya’ni ortiqcha qattiq va yot jismlardan tozalanadi so’ngra yuvish aralashtirish qurilmasiga yuboriladi va qurilmada suyuq suspenziya hosil qilinadi. Suspenziya qurilmada tindiriladi natijada og’ir massa cho’kadi va ustki qatlamidagi suyuqlik chiqarib yuboriladi. Suyuq bo’lmagan qovushqoq massa granulyator yordamida granularga ajratilatiladi so’ngra quritish barabaniga yuboriladi. Pechda mahsulot 160o C haroratda quriltiladi natijada mahsulot tarkibidagi namlik 18% ga keltiriladi. Yarim tayyor mahsulot asosiy jarayon yani dekorbanizatsiya jarayoniga yuboriladi. Bunda mahsulot 750-8000C gacha mahsus barabanli pechda qizdiriladi. Yuqori tempraturani o’ziga qabul qilgan yarim mahsulot qayta aktiv holataga keladi. Yuqori haroratdagi tayyor mahsulothavo yordamida sovutiladi va saqlash omborlariga yetkaziladi.
Adabiyotlar sharhi.
|