|
Quritish jarayonini tashkil etish usullari
|
bet | 8/14 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #145262 |
Bog'liq Kurs LoyihagaQuritish jarayonini tashkil etish usullari.
Kimyo, oziq – ovqat va boshqa sanoatlarda havo qizdirilishi va bir marta quritish kamerasidan o’tishi kabi eng soda quritish jarayonidan tashqari boshqa usullar yordamida ham jarayonni tashkil etish mumkin. Sanoat miqyosida quydagi usullar qo’llaniladi: havoni ko’p marta oraliq isitish yo’li bilan quritish, ishlatilgan havoni qisman retsirkulyatsiya qilish yo’li bilan quritish, ishlatilgan havodan ko’p marta foydalanish yo’li bilan qiritish.
Havoni ko’p marta oraliq isitish yo’li bilan quritish sxemasi 9-rasmda keltirilgan.
Odatda, bu usulda havoning yuqori tв va quyi tн temperaturalari qabul qilinadi. Dastavval havo tв temperaturagacha qizdiriladi va undan so’ng nam material bilan o’zaro tasirda bo’lib, tн temperaturagacha soviydi. Keyin, kaloriferda havo yana tв temperaturagacha qizdiriladi va yana material bilan o’zaro tasirda bo’lib, tн temperaturagacha soviydi va h.k. Bu holda havoning ohirgi temperaturasi B nuqta orqali aniqlanadi.
Quritishning bu usulida nam materialni nisbatan past temperaturali issiq havo yordamida quritish imkoni bor. 10b-rasmdagi punktir chiziqlardan ko’rinib turibdiki, agar issiqlik eltkich kameralar oralig’ida qo’shimcha qizdirilmaganda, havoni t1 temperatura (C nuqta) gacha qizdirish zarur bo’lar edi.
10-rasm. Havoni ko’p marta oraliq isitish yo’li bilan quritish sxemasi (a) va jarayonning i – x diagrammadagi (b) tasviri.
1-quritish kamerasi; 2-kalorifer.
Bu usulda yuqori temperaturalarga chidamli materiallar quritiladi.
Ishlatilgan havoni qisman retsirkulyatsiya qilish yo’li bilan quritish sxemasi 11-rasmda ko’rsatilgan. Diagrammada A nuqtani ifodalovchi parametrli issiq havo, ishlatib bo’lingan havo (AC va BC chiziqlar) bilan aralashadi va kaloriferda tc temperaturagacha qizdiriladi. Undan keyin, qizdirilgan havo nam material bilan o’zaro tasir ettiriladi. Nam havoning so’nggi parametrlarini B nuqta xarakterlaydi.
|
| |