• KURS LOYIHASI
  • Kurs loyihasi




    Download 0.68 Mb.
    bet1/11
    Sana02.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #55715
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
    ta’lim vazirligi
    Farg’ona politexnika instituti
    «Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari» fakulteti
    «Elektronika va Asbobsozlik» kafedrasi
    «Avtomatlashtirish sistemalarini
    loyihalash va sozlash» fanidan
    KURS LOYIHASI

    Bajardi: 56-19 guruh talabasi


    Mirzaabdullayev M.

    Qabul qildi: Tojiboev A.


    Taqrizchi: _______________


    Farg’ona - 2023


    Mundarija






    Kirish

    5

    1 BoB.

    Xarorat va bosimni rostlashda raqamli rostlagichlarni qollashda raqamli rostlagichlarni qo’llash

    10

    1.1

    Avtomatik rostlash

    10

    1.2

    Xaroratni o’lchashda kengayish termometrlarini qo’llash

    13

    1.3

    Bosimni olchashda purjinali asboblarni qo’llash

    17

    2BOB.



    O’lchash vositalari va ularning elementlari va parametrlari

    21

    2.1

    Rostlash tizimlarining statikl tizimlari boshqarish parametirlari va vositalari

    21

    2.2

    Rostlafgichlarni statik tizimlarini raqamli rostlsh

    27




    Xulosa

    34




    Foydalanilgan adabiyotlar

    35

    I. Kirish
    0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — ta ’lim tizimi islohotlarini hayotga tadbiq etish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. M amlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi (1997—2001 -yillar) va ikkinchi (2001—2005-yillar) bosqichi hamda uchinchi — sifat bosqichi (2005— 2009-yillar) yakunlandi.
    O'tgan vaqt mobaynida barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, o ‘quv jarayoniga tatbiq qilinmoqda. 2005—2006-o‘quv yilidan boshlab talabalarning bosqichma-bosqich lotin alifbosida o4qishga o4tishlari munosabati bilan Toshkent davlat texnika universiteti professorlari (mualliflar) hamkorlikda ushbu darslikni yaratishga alohida ahamiyat berdilar.
    „Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtom atlashtirish44 fani texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, m ahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa dolzarb muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarga o ‘z ixtisoslarini nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur egallashlariga yordam beradi.
    Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi im koniyatlar ochib beradi, shuningdek, inson boshqarishga qodir boim agan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirish, tabiatda m a’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratish imkonini beradi.
    „Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish44 fanini o 4qitish oldingi o4quv kurslarida egallangan „Oliy matematika44, „Informatika va axborot texnologiyalari44, „Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar44, „Texnik tizimlarni boshqarish44, „Ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va uskunalari44 hamda ta ’lim yo4nalishlari bo‘yicha tarmoq texnologiyasi va uskunalari kabi bilimlar bilan uzviy bog4langan holda tashkil qilingan. Mazkur darslik bakalavriat ta iim yo‘nalishlari: 5520100 — Issiqlik energetikasi;
    5520400 — Metallurgiya;
    5520700 — Texnologik mashinalar va jihozlar;
    5521500 — Asbobsozlik;
    5521800 — Avtomatlashtirish va boshqaruv;
    5522300 — To4qimachilik, yengil va qog‘oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi;
    5523800 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; 5522400 — Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha);
    5522500 — Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;
    5522600 — Yog‘ochsozlik sanoati texnologiyasi, mashinalari va jihozlari; 5522900 — Biotexnologiya; 5540300 — Neft va gaz ishi;
    5541100 — Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha);
    5850100 — Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha);
    5140900 — Kasb ta ’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha) talabalari uchun tuzilgan yangi namunaviy dastur asosida yozildi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtom atlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti — asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati ham da barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizm at ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy sam aradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash. Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli ,,yosh“ ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng eskiradi va yangilashni talab qiladi, shu jumladan, amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va jihozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish asosidagina samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda — avtomatlashtirish katta samara beradi. Yuqorida aytilganlardan, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnik, iqtisodiy jihatlari sanoat taraqqiyotini, mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini ko‘tarishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega boiishi kelib chiqadi. Biroq, sanoatni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti — oliy ta iim muassasalarida, loyiha institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo‘yicha ko‘p sonli malakali kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat. Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi — mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda taiim , fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada boiishi asosiy omildir. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish, o ‘z ona tili — davlat texnologik jarayonlar haqida texnika tilida tushunarli gaplasha olish va yuksak saviyada yozishmalar olib bora olish qobiliyatiga ega boiishlari zarur. Xalq xo‘jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish — bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bogiiqdir. Xalq xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda „Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish41 fani katta ahamiyatga ega. Bu fan talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jihatdan chuqur egallashga, ularning bilimlarini mustahkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik jarayonlardan unumli foydalanish yoilarini o‘rgatadi. Avtomatlashtirish borasida eng mas’uliyatli ishlar esa, shubhasiz, kadrlar zimmasiga tushadi. Bugungi kun kadrlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va uni jadallashtirishga, o‘z ona tili — Davlat tilini yuksak texnika va texnologiya saviyasi darajasida bilishga qodir boiish lari kerak. Xususan, yosh kadrlar oldida fan-texnika taraqqiyotining yoki boshlovchisi boiishdek mas’uliyatli vazifa turadi.chiqiladigan texnik hujjat vositasida ta’minlanadi, bu hujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi.
    YAngi sanoat ob’ektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish loyiha asosida amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy hujjatlarning kompleksidan iborat bo‘lib, bularga ob’ektni qurish yoki qayta qurish zaruriyatini prinsipial tarzda asoslovchi yozuvlar, nostandart uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo‘lgan, shuningdek, hamma turdagi qurilish – montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi. Qurilayotgan ob’ektning murakkabligiga qarab loyiha ma’lum qismlardan iborat bo‘ladi. Loyihada texnika – iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr, avtomatika kabi qismlar bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining bir bo‘limi bo‘lgan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki texnologik loyihalash institutining avtomatlashtirish bo‘limi (guruhi) amalga oshiradi. Bu loyiha texnologik jarayonlarning rasional ishlashini va uskunalar ishidagi xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o‘lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signalizasiya qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan ob’ektda ishlatiladigan texnikaviy hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Loyihalashni bajarishda loyihaning texnologik qismini tuzuvchi tashkilot va yoki buyurtmachi bergan topshiriq asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim vaqtlarda topshiriqni tuzishda avtomatlashtirish loyihasini bajaruvchi tashkilot ham jalb etiladi. Loyihalash topshiriqlariga quyidagilar kiradi:
    a) loyihalashtirilayotganob’ektning tarkibi, texnologik jarayonning qisqacha bayoni, qurilma va uskunalarning harakteristikasi; b) atrof – muhitning xarakteristikasi ko‘rsatilgan holda nazorat qilinadigan va rostlanadigan

    Download 0.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.68 Mb.