Kurs loyihasi




Download 1.29 Mb.
bet3/28
Sana29.03.2017
Hajmi1.29 Mb.
#2612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Neft bazalari.

Neft bazasi – bu neft va neft mahsulotlari bilan iste’molchilarni beto’xtov va ishonchli ta’minlovchi, turli ishlab chiqarish – xo’jalik vazifasidagi ob’ektlarga ega bo’lgan, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, qayta yig’ish va yuklab jo’natish, moylarni regeneratsiya qilish bo’yicha zarur sharoitlarni ta’minlovchi murakkab va mustaqil korxona hisoblanadi.

Barcha neft bazalari quyidagi turlarga bo’linadi:

a) vazifasi bo’yicha – tushirib-ortuvchi, tushirib-ortib-taqsimlovchi, taqsimlovchi;

b) tashishni tashkil qilish bo’yicha – neft mahsulotlarini quvur o’tkazgichlar , temir yo’l sisternalari va avtomobil transporti orqali qabul qiluvchi;

Tushirib-ortish neft bazalari yirik iste’molchilar uchun neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va yuklab-jo’natish ishlarini bajaradi.

Tushirib-ortish-taqsimlash neft bazalari taqsimlovchi neft bazasiga va yirik iste’molchilarga neft mahsulotlarini yetkazib berish, ularni qabul qilish, saqlash, tushirib boshqasiga ortish vazifalarini, hamda shu neft bazasi yaqinidagi iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlashni bajaradi.

Taqsimlovchi neft bazasi neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga tarqatish vazifasini bajaradi.

Neft mahsulotlarini saqlash uchun sig’imlarning jami hajmi (sig’imi) bo’yicha qurilish qoidalari va me’yorlari QMQ 2.09.1997 ga muvofiq neft bazalari uchta toifaga bo’linadi.

I-toifa – Rezervuarlarning hajmi 100000 m3dan ko’p

II-toifa – Rezervuarlarning hajmi 20000 dan 100000 m3 gacha

III- toifa – Rezervuarlarning hajmi 20000 m3 gacha

Barcha neft bazalarining umumiy va asosiy vazifasi – sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa iste’molchilarni neft, gaz kondensati va neft mahsulotlari bilan zarur miqdorda va assortimentda uzluksiz yetkazib tarqatishni ta’minlash, neft mahsulotlari sifatini saqlab turish va ularni saqlashda, iste’molchilarga tarqatishda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, tabiiy yo’qotishlarni minimumgacha olib kelishdan iboratdir.

Neft bazalari maydoni ishlab chiqarish, yordamchi va ma’muriy-xo’jalik bino va inshootlari mintaqalariga bo’linadi va ularda hamma amallarni beto’xtov olib borish va qulayliklar yaratish yong’inga qarshi extiyotkorlik chora-tadbirlari ko’zlangan holda bajariladi.

Neft bazasidagi mintaqalarga quyidagilar kiradi:

Temir yo’l vositasida qabul qilish va jo’natish mintaqasi – temiryo’l to’kish-quyish qurilmalari, nasosxonalar, kompressorxonalar, idishlarda suyuqlik saqlaydigan omborxona, yuklash-yuk tushirish maydonchalari, laboratoriyalar, turli maqsadlar uchun texnologik quvuruzatgichlar, to’kuvchi-quyuvchilar uchun operator xonalari va to’kish-quyish amallari bilan bog’liq boshqa ob’ektlar.

Rezervuarlarda saqlash mintaqasiRezervuarlar, texnologik quvuruzatgichlar, gazyig’gichlar, gazli bog’lash, nasosxonalar, operator xonalarni o’z ichiga oladi va eng havfli mintaqa hisoblanadi. 1.1-rasmda neft bazasining sig’imlari joylashgan mintaqa ko’rinishlari tasvirlangan.








Download 1.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1.29 Mb.