• O’zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi
  • Yordamchi bino va inshootlar –




    Download 1.29 Mb.
    bet5/28
    Sana29.03.2017
    Hajmi1.29 Mb.
    #2612
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Yordamchi bino va inshootlar – ta’mirlash-mexanik ustaxonalari, bug’latish qurilmalari, qozonxonalar, bo’yash sexlari, xususiy elektr stansiyalar, transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi joylar, suvo’tkazgich va ktahlilatsiya qurilmalari, idishdagi neft mahsulotlarini saqlash uchun omborxona qurilmalari, materiallar omborlari, neft bazasi ehtiyojlari uchun yonilg’i omborlari, neft idishlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash sexlari, yong’inga qarshi xizmat qilish ob’ektlari va inshootlari majmuasidir.

    Neft bazasidagi binolar, inshootlar orasidagi masofalar hamda ulardan qo’shni binolar, aholi yashash joylari, dala va boshqa ob’ektlargacha bo’lgan oraliq masofalar 1.1-jadvalda keltirilgan.

    O’zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi (MXK) tarkibiga kiruvchi “Neft mahsulotlari” aksionerlik kompaniyasi (AK) qoshida Chinoz tumanida joylashgan Respublika neft bazasi va viloyatlarda uning shu’ba korxonalari tashkil etilgan bo’lib, ular mahsulotlarni saqlash hajmi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Neft bazalariga yonilg’i-moy mahsulotlari, asosan temir yo’llar orqali, ayrim hollarda, katta hajmli sisternalar o’rnatilgan maxsus avtotransportlarda keltiriladi.

    Neft bazalari esa yonilg’i-moylash mahsulotlarini shartnomalar asosida o’zlariga biriktirilgan yonilg’i quyish shoxobchalariga, neft omborlariga ega bo’lgan yirik korxonalarga neft mahsulotlari tashishga mo’ljallangan maxsus avtotsisternalarda jo’natadi.

    Yonilg’i quyish shoxobchalari, jo’natilgan yonilg’i-moy mahsulotlarini qabul qilib oladi, ularni saqlaydi va iste’molchilarga tarqatadi.



    Download 1.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.29 Mb.